Ijtimoiy tarmoqlarda 24 noyabr kuni ertalab ikki kişi bir ayolga zörlik işlatib, maşinaga solib olib ketgani tasvirlangan video tarqaldi.

Toşkent şahar IIBB hodisa Toşkent şahrida sodir bölgani va ayolni zörlik bilan maşinaga tiqib olib ketganlardan biri uning eri, ikkinçisi ayolning qaynotasi ekanini ma’lum qildi.

Aniqlanişiça, Qaşqadaryo viloyati Koson tumanida yaşovçi 2000 yilda tuğilgan ayol bir nafar farzandini taşlab, Toşkent şahriga ketib qolgan. Şundan söng uning eri va qaynotasi ayolni topib kelişgan va kuç işlatib uyga olib ketişgan.

Toşkent şahar IIBBning xabar berişiça, holat yuzasidan Uçtepa tumani IIO FMB tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi (odam öğirlaş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.