The Wall Street Journal xabariga köra, Amerikaning Raytheon Technologies kompaniyasi Stinger zenit-raketa komplekslari işlab çiqarişni köpaytiriş uçun nafaqaga çiqqan xodimlarni işga qaytargan. AQŞ Qurolli kuçlari bunday tizimlarga 2008 yildan beri buyurtma bermagan edi.

Amerikaning Lockheed Martin konserni Javelin tankka qarşi tizimlarini işlab çiqarişni ikki baravar oşirgan va HIMARS raketa tizimlarini işlab çiqarişni 60 foizga oşirişni rejalaştirmoqda. 

Dronlar, kuzatuv tizimlari va maxsus jihozlar işlab çiqaruvçi L3Harris kompaniyasi Pentagondan Ukraina uçun 200 million dollarlik buyurtma olgan. 

Germaniyaning Rheinmetall mudofaa konserni ijroçi direktori Armin Papperger sözlariga köra, kelgusi yilda ular bir qator yirik buyurtmalarni olişni kutmoqda. Ularni bajariş uçun kompaniya Ispaniyaning portlovçi moddalar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Expal Systems S.A firmasini 1,2 mlrd yevroga sotib olgan. 

Qurolsozlar hukumatlardan öz xavfsizligini ta’minlaş va işlab çiqariş hajmini oşiriş uçun yangi şartnomalarni tuzişni söramoqda.