Qöşma Ştatlar keyingi haftada jamoatçilikka yangi avlod strategik bombardimonçi B-21 Raider samolyotini birinçi marta namoyiş etadi. Şu paytgaça u haqdagi ma’lumotlar sir saqlanayotgan edi.
Kelajakda B-21 AQŞ yadroviy triadasining asosiy elementlaridan biriga aylanişi kerak.
«B-21 Raider taqdimoti havo kuçlarimiz va mamlakatimiz uçun tarixiy voqea böladi. Oxirgi marta biz yangi bombardimonçi samolyotni 30 yildan köproq vaqt oldin taqdim etgan edik», dedi Harbiy havo kuçlari ştabi boşliği general Ci Kyu Braun.

Yangi samolyot oddiy va yadroviy qurollarni olib yurişga qodir. Şakl jihatidan u V-2 samolyoti kabi uçburçaksimon böladi. Uning birinçi sinov parvozi 2023 yilda oşirilişi kerak.
B-21 samolyotining narxi 639 million dollarga baholanmoqda. Pentagon kelajakda 50 ga yaqin şunday samolyotga buyurtma bermoqçi. B-21 samolyoti 2025-2027 yillarda Qurolli kuçlar ixtiyoriga berilişi kutilyapti.

















