Qöşma Ştatlar hukumati mamlakatdagi eng yirik neft kompaniyalaridan biri bölgan Chevron korporatsiyasiga Venesueladan neft va neft mahsulotlarini import qilişga ruxsat berdi. Bunga hukumat va muxolifat örtasida kelişuvga erişilgani sabab bölgan.

Şu tariqa Vaşington Lotin Amerikasidagi uşbu davlatga qarşi joriy etilgan sanksiyalarni yumşatdi.

«Chevron  qöşma korxonalari tomonidan işlab çiqarilgan neft yoki neft mahsulotlarini 6 oy davomida Qöşma Ştatlarga sotiş, eksport yoki import qilişga ruxsat beriladi», deyiladi Moliya vazirligi litsenziyasida.

Avvalroq, The Wall Street Journal Vaşington Chevron kompaniyasiga Venesuelada neft qazib oliş uçun litsenziya bermoqçi ekani haqida xabar qilgan edi. Naşrning tuşuntirişiça, bu Venesuelaga qarşi sanksiyalar yumşatilişiga işoradir. Chevron kompaniyasi Petroleos de Venezuela SA bilan tuzilgan qöşma korxonalar orqali Venesuela konlarida neft qazib oliş ustidan qisman nazoratni tiklaşga qaror qildi.

AQŞ Venesuelaga qarşi töliq iqtisodiy sanksiyalarni 2019 yil avgust oyida joriy qilgan edi.