Özbekiston mahallalaridagi hokim yordamçilari yanvar oyidan oktyabr oyiga qadar band bölmagan aholini iş bilan ta’minlaş va tadbirkorlikka jalb qiliş orqali 2,4 million nafar fuqaroning daromadli mehnat bilan bandligini ta’minladi, deya iddao qilmoqda Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi.
“Xususan, 903 ming nafar fuqaro doimiy iş joylariga joylaştirilgan. 914 ming nafar fuqaro özini özi band qilgan şaxs sifatida röyxatga olingan. 82 ming nafar fuqaro yakka tartibdagi tadbirkorlikka (yollanma işçilari bilan birgalikda) va 158 ming nafari haq tölanadigan jamoat işlariga jalb qilingan. 392 ming nafar fuqaroga ijara asosida yer ajratilgan”, – deyiladi agentlik matbuot xizmatining ÖzA e’lon qilgan rasmiy axborotida.
“Şişiriş agentligi”
Iqtisodçi Otabek Bakirovning e’tibor qaratişiça, Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi aholini iş bilan ta’minlaş haqidagi statistik ma’lumotlarni bir neça barobarga şişirib körsatişga urinayotgan bölişi mumkin.
“Hatto özbek statistikasi kamtarona, hatto ötgan epoxada yolğon bunçalik katta şişirilmagan.
Rasmiy statistikaga köra, ötgan 9 oyda iş bilan band aholi soni 297 mingga oşgan. Mahallabay işlaş agentligi hatto rasmiy statistikani 8 barobardan ham köproqqa şişirgan”, – deya yozadi iqtisodçi.
Davlat statistika qömitasiga köra, 1 oktyabr holatiga Özbekistondagi işsizlar soni 1,3 mln kişini, işsizlik darajasi esa 8,6 foizni taşkil etgan.
Logotip öğirlanganmi?
Kambağallikni qisqartiriş vazirligi huzuridagi uşbu agentlik “Onlayn mahalla” axborot tizimini yaratiş uçun 8,4 mlrd söm (taqriban 755 ming dollar) sarflayotgani kuni keça ma’lum bölgan edi. Buning uçun istisno tariqasida tender ötkazmasdan şartnoma tuzilgan.


















