“2022 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida”gi qonunga özgartişlar kiritiş haqidagi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida birinçi öqişda körib çiqildi.

Kiritilayotgan qöşimça xarajatlar evaziga respublika konsolidatsiyalaşgan budjet taqçilligi 3 foizdan 4 foizga oşirilmoqda. Yuzaga kelgan qöşimça xarajatlarni qoplaş uçun qonunning 10-moddasida Özbekiston respublikasi nomidan çiqariladigan davlat qimmatli qoğozlarining sof miqdori 6 trln  sömdan 10 trln sömga özgartirilmoqda.

Moliya vaziri Timur Işmetovning aytişiça, prezident va hukumatning ustuvor topşiriqlarini bajariş uçun respublika budjetidan birinçi darajali budjet mablağlarini taqsimlovçilarga ajratilgan mablağlarning çeklangan miqdorlari 20 trln 915 mlrd söm qöşimça xarajatlar hisobiga oşirilmoqda.

“Taşqi xatarlar hisobiga iqtisodiyot rejalaştirişdan kamroq ösişi hisobiga, tariflar oşmagani evaziga elektr energiyasi va gazga subsidiya oşirilyapti”, - dedi vazir.

Uning sözlariga köra, inflatsiya rejadagidan yuqori bölişi hisobiga ijtimoiy sohaga mablağ ajratişga töğri kelmoqda.

“Taşqi xatarlarning asosiy muammosi noaniqlik, hozirgi vaziyat qança davom etişini aniqlaş qiyin, yilning oxirigaça budjet taqçilligini 3 foizdan 4 foizga oşiryapmiz, şu darajada saqlab qolişga harakat qilişimiz kerak. Undan ortiq defitsitga mablağning özi yöq. Taşqi qarzdan mablağ jalb qiliş böyiça limitlari belgilangan, taşqi qarzni oşirmaymiz. Daromadlar rejadan ortiği bilan bajarilyapti: bu yerda ayrim yönalişlar böyiça daromadlar kamroq, ammo boşqa yönalişlar böyiça köproq daromadlarga erişiladi”, - dedi vazir.

Eslatib ötamiz, moliya vaziri Timur Işmetov noyabr oyi boşida bölib ötgan iqtisodiy forumda Özbekiston iqtisodiyoti qiyin bosqiçda ekani, barça xarajatlarni qisqartiriş zarurligini aytgandi.

Avvalroq vazir budjetdan taşqari jamğarmalar eng oğriqli masala ekanini aytib, jamğarmaga tuşumlar va xarajatlar budjet orqali amalga oşirilişi kerakligini ta’kidlagandi.