Kreml milliy neftni sotib oluvçi Rossiya kompaniyalariga uning narxini çeklaşda iştirok etgan har qanday davlatlar bilan biznes yuritişni taqiqlovçi prezident farmonini tayyorlamoqda.

Bloomberg xabariga köra, farmon bilan Rossiya nefti yoki neft mahsulotlari uçun belgilangan narxlarni şartnomada körsatiş, şuningdek, çeklovlarni qabul qiladigan har qanday mamlakatga neft sotiş taqiqlanadi.

Narxlarni çeklaş yoki Kremlning bunga javoban qarori neft savdolariga qanday ta’sir qilişi aniq emas, deyiladi xabarda.

Buning sababi şuki, uşbu çeklov tarafdorlari allaqaçon Rossiya neftini sotib olişdan tiyilmoqda. Bu siyosat aslida Hindiston kabi boşqa yirik iste’molçilarga qaratilgan bölib, agar ular Rossiya nefti uçun belgilangan narxdan köproq tölasa, suğurta va boşqa yetkazib beriş xizmatlaridan foydalana olmaydi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin neft narxini çeklaş siyosatiga qöşilganlarga neftni sotmasligini bir neça bor ta’kidlagan.

AQŞ va uning ittifoqçilari Rossiya nefti narxini bir barrel uçun 40 dollardan 60 dollargaça çeklamoqçi.

2022 yil 23 noyabrida Yevropa Ittifoqi Rossiya neftining bir barreliga 65 dan 70 dollargaça bölgan narx çegarasini taklif qildi. Ammo 24 noyabrda Bryusselda bölib ötgan yiğilişda Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiya neftining maksimal narxi böyiça kelişuvga erişa olmadi.