Qozoğiston prezidenti matbuot kotibi Ruslan Jyeldibay mamlakat rahbari Qosim-Jömart Töqayev va Vladimir Putin örtasidagi muzokaralarda qanday masala muhokama qilinganiga aniqlik kiritdi. Uning sözlariga köra, RF prezidenti taklif etgan «qandaydir uç taraflama ittifoq» Rossiya, Qozoğiston va Özbekiston iştirokidagi uç tomonlama gaz ittifoqi hisoblanadi.

Bu mexanizmdan maqsad — Rossiya gazini taşişni muvofiqlaştiriş hisoblanadi.

«Qosim-Jömart Töqayev va Vladimir Putin barça manfaatdor tomonlarning manfaatlarini hisobga olgan holda uşbu masalaga oqilona yeçim topiş uçun uç davlat ekspertlari iştirokida batafsil muzokaralar olib boriş zarur deb hisoblaydi», — deya Ruslan Jyeldibayning sözlarini keltirgan Tengrinews.kz.

Bundan avvalroq Qosim-Jömart Töqayev Vladimir Putin Rossiya, Qozoğiston va Özbekiston örtasida «qandaydir uç tomonlama ittifoq» taşkil etiş haqida gapirgani va Qozoğiston bu taklifni körib çiqişga tayyorligini aytgandi.

«Ha, qöşimça muvofiqlaştirişni va hatto muzokaralarni talab qiladigan masalalar bor. Xususan, gap gaz sektori haqida ketyapti. Lekin biz qandaydir masalani dramalaştirmayapmiz. Men Vladimir Vladimiroviçga şunday masalalar borligini aytdim, ular muhokama talab qiladi, lekin mutlaqo dramatizatsiyani emas. Bu iş yuzasidan böladigan masalalar», — deya qayd etgandi Qozoğiston prezidenti.