Bugun, 29 noyabr kuni Özbekiston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Furqat Siddiqov AQŞning Özbekistonga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elçisi Jonatan Henikni qabul qildi.
Uçraşuvda Özbekiston-Amerika strategik şeriklik munosabatlarining bugungi holati va rivojlaniş istiqbollari körib çiqildi, tomonlarning faol va konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirişga tayyorligi qayd etildi.
“Rejalaştirilgan tadbirlar, jumladan, Özbekiston va AQŞ Strategik şeriklik muloqotining navbatdagi yiğilişi bilan boğliq taşkiliy va mazmunli jihatlar muhokama qilindi. Savdo, investitsiya, innovatsiya, qişloq xöjaligi, energetika va boşqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlaş böyiça takliflar körib çiqildi”, – deyiladi TIV xabarida.
AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) Özbekistondagi missiyasi direktori Mikela Meredit ham iştirok etgan uçraşuvda elçi AQŞ ma’muriyati Özbekistonga moliyaviy-texnik kömak beriş va pandemiyaga qarşi kuraşda yordam körsatiş davom etişini bildirgan.
Şuningdek, mintaqaviy hamkorlik masalalari va Afğonistondagi vaziyat yuzasidan fikr almaşilgan.

Şu kuni Özbekiston taşqi siyosat idorasida yana bir uçraşuv bölib ötdi. Taşqi işlar vazirining örinbosari Bahrom A’loyev Ukrainaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Nikolay Doroşenkoni qabul qildi.
TIV matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, uçraşuvda turli sohalardagi Özbekiston-Ukraina hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilingan. Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, ikki mamlakat biznes sub’yektlariga özaro asnoda imtiyoz va preferensiyalar beriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşilgan.

















