Suhbat çoğida Özbekiston va Saudiya Arabistonining afğon inqirozini tinç yöl bilan hal etiş, mamlakatga tezkorlik bilan insonparvarlik va boşqa yordamlar körsatiş borasidagi sa’y-harakatlari muhokama qilindi.

Tomonlar Afğonistonning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklaş, mamlakatni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga yanada kengroq jalb etiş muhimligini alohida ta’kidladilar.

Saudiya tomoni Özbekistonning Afğonistonda Termiz – Mozori-Şarif – Kobul – Peşovar temiryöl liniyasi qurilişi loyihasini amalga oşiriş böyiça sa’y-harakatlari öz vaqtida amalga oşirilayotganini ta’kidlab, uşbu loyihani har tomonlama qöllab-quvvatlaşini bildirdi.

Afğoniston yangi hukumatiga nisbatan jahon hamjamiyati yaxlit pozitsiyasini işlab çiqmay hamda xalqaro gumanitar yordamni köpaytirmasdan turib, mamlakatdagi ötkir ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni bartaraf etib bölmaydi, degan fikr bildirildi. 

Tomonlar Afğoniston masalasi böyiça Özbekiston va Saudiya Arabistoni maxsus vakillari darajasida maslahatlaşuvlarni davom ettirişdan özaro manfaatdorlik bildirdi.