1998 yilda Eron va AQŞ örtasidagi bahs atrofida ham juda köp şovqin bölgan, köplab siyosatçilar tahdidli bayonotlar bilan çiqişgandi, yakunda esa öyin ikki mamlakat munosabatlarini normallaştiriş ramziga aylanişiga bir baxya qolgandi. Öşanda Eron rahbariyati futbolçilarga qöl berib söraşişni taqiqlagan, amerikaliklar esa reglamentga zid ravişda birinçi bölib körişiş uçun kelişgan, eronliklar esa tinçlik ramzi bölgan oq guldasta taqdim etişgan, jamoalar birgalikda suratga tuşişgandi.
Bu safar amerikaliklar ijtimoiy tarmoqlarga guruh turnir jadvalini Eron bayroğida Islom respublikasi ramzini tuşirib qoldirgan holda joylaşdi va buni ongli ravişda, eronlik ayollarni qöllab-quvvatlaş ifodasi sifatida amalga oşirişdi. Forslar esa bunga javoban AQŞni «mamlakat şa’nini haqorat qilganlik» uçun diskvalifikatsiya qilişni talab etişdi, natijada amerikaliklar boş murabbiyi Gregg Berhalter uzr sörab çiqdi.
Öyin atrofida aql bovar qilmas miş-mişlar ham köp böldi. Futbolçilar madhiyani kuylamasa, ularning yaqinlari hayoti xavf ostida qolişidan tortib, Erondan Qatarga davlat tuzumiga sodiq bölgan minglab soxta futbol muxlislari yuborilgani haqidagi xabarlargaça tarqaldi. Forslarning portugaliyalik boş murabbiyi Karluş Keyruş esa yana bir bor Ğarbga oynaga qaraşni taklif qilib, muammolarni tanlab emas, barçasiga e’tibor qaratiş zarurligini aytdi va Amerika maktablaridagi otişmalar hamda irqçilik masalasini eslatdi.
Uning asosiy iborasi esa şunday böldi: «Bizning missiya 90 daqiqa davomida tabassum hadya etişdir». Ötgan turda Keyruş bu fikrni öz futbolçilariga singdira olgandi va buning evaziga sönggi tur amalda pley-off bosqiçiga aylandi. Öyinning boşlanişi bu maqomga mos böldi. Maksimal darajada ziçlik, yaxşi sur’at, ikki tomonda ham ulkan xohiş.
Mavzuga oid
Eron nisbatan keskinroq harakatlar bilan boşlagandi, ammo asta-sekin ikkinçi raqam ostida öynaşga ötdi. Aniqroği, osiyoliklarni faqat ğalaba uçun maydonga tuşgan amerikaliklar şunga majbur qilişdi. Şu bilan birga, amerikaliklarda ham gol uriş uçun haqiqiy imkoniyatlar böldi deyiş qiyin. Hujum çiziği vakillarida yaxşi zarba tayyorlaş uçun şunçaki vaqt bölmasdi, şu tufayli töp yoki yuqoriroqdan ötib ketar, yoki birinçi turda oğir jarohat olib safdan çiqqanidan keyin bu öyinga qayta olgan Beyravandning öljasiga aylanardi.
Bu öyinda Eronni 1/8 finalga çiqiş uçun durang ham qoniqtirardi, AQŞga esa faqat ğalaba kerak edi.
Bunday öyinlarda bitta epizod qiymati juda yuqori böladi va AQŞ terma jamoasidagi eng maşhur uç futbolçi şunday epizoddan maksimum natija çiqarişdi. «Yuventus» yarimhimoyaçisi Makkenni öng qanotda böş zona topdi va bu hududga yorib kirgan «Milan» laterali Dest uning diagonal uzatmasidan keyin töpni darvozabon hududiga taşlab berdi, bu yerda esa «Çelsi» forvardi Pulişiç barçadan ildamroq harakat qildi.
Saviyadagi farq öz sözini aytdi. Bu öyin startida jamoa safida MLS çempionati vakillaridan biror futbolçi yöq edi.
Gol muallifi bu vaziyatda darvozabon bilan töqnaşib ketgani tufayli uni bir neça daqiqa davomida öziga keltirişga harakat qilişdi. U safga qaytdi va tanaffusda almaştirildi. Eronliklar safida esa himoyaçi Muhammadiy jarohat olib safdan çiqdi. Va bu Keyruşning yagona muammosi emasdi, jamoa oçiqroq futbol namoyiş etişga ötib, raqibni oldinroqda qarşi ola boşlaşi bilan Makkennining uzun uzatmalari va Sarjyent hamda Veaning tezkorligi jamoani qiynab qöya boşladi, Veaning birinçi bölim oxirida urgan goli mikroskopik ofsayd tufayli bekor qilindi.
Eron tanaffusda Keyruş kiritgan tuzatişlardan umid qilişi mumkin edi. Bunday özgartirişlar Uels bilan öyinda natija keltirgandi, AQŞga qarşi öyinda esa birinçi bölimda umuman közga taşlanmagan Ozmun örniga tuşirilgan Quddus nisbatan faolroq harakat qildi. Lekin Şvetsiyada tuğilgan «Brentford» forvardida ham yaqqol vaziyatlar bölmadi. Ammo öyinga qöşib berilgan daqiqalarda Puraliganji gol urişga yaqin keldi. Keyin esa, ikkinçi bölimga qöşib berilgan sakkizinçi daqiqada Torimiy töpni darvozabon oyoqlari orasidan ötkazdi, ammo uning ortidagi himoyaçi böş darvozaga kirib ketayotgan töpni maydon taşqarisiga çiqarib yubordi. Eronliklarning arbitrni penalti belgilaşga undaş uçun harakatlari ham besamar ketdi, jamoaga pley-offga çiqiş uçun birgina aniq zarba yetmadi.
Öyin arafasida tomonlar maydonga jang qiliş uçun tuşişi kutilgan bölsa-da, amalda bunday bölmadi. Natijadan boşqa barçasi 1998 yildagi kabi böldi. Keskinlik va mojarolar faqat öyin atrofida kuzatildi, maydonda esa faqat futbol öynaldi. Öyin davomida jami uç bor sariq kartoçka körsatildi va follar juda kam böldi.
Şu bilan birga aytiş kerakki, 24 yil oldingi öyinda ikki autsayder prestij uçun öynagandi, hozir esa Rossiyadagi jahon çempionatiga kelmagan amerikaliklar 5 oçko bilan guruhdan çiqişdi. Ularning 1/8 finaldagi raqibi Niderlandiya böladi.
AQŞ prezidenti Jo Bayden mamlakat milliy jamoasini Eron ustidan qozonilgan ğalaba bilan tabrikladi. «AQŞ – bir, Eron – nol! Öyin tugadi!», dedi u Miçigan ştatidagi çiqişida va bu öyinni muhim deb atadi.
Angliya yana favoritga öxşab öynadi. Buning uçun tarkibni yangilaş kerak böldi
Yevro-2016 turnirida Angliya va Uels bir guruhdan joy olgandi. Uels ikkinçi turda Angliyaga qarşi dramatik bahs ötkazgan — ğalaba golini qöşimça daqiqalarda Starrij urgandi. Lekin uelsliklar guruhda birinçi örinni egallab, turnirda yarimfinalga qadar yetib borgandi, muxlislari ularning bu muvaffaqiyatini ön yillar davomida eslab yurişadi.
Jahon çempionatida britan jamoalari yana bir guruhdan joy olişdi, faqat bu safargi öyinda uelsliklarning yutqazişga haqqi yöq edi. AQŞ bilan durang va Eronga qarşi öyinda qöşimça daqiqalarda gol ötkazib yuborib, mağlub bölingandan söng «ajdarlar» qöşni jamoani imkon qadar yirik hisobda yengişi talab etilardi. Uelsning Beyl boşçiligidagi oltin avlodini faqat uç oçko va parallel uçraşuvdagi qulay hisob pley-offga olib çiqişi mumkin edi.
Angliyaliklar qarşisida esa boşqa vazifa turardi. Minimal va hatto kulgini qistatuvçisi — 0:4 yoki undan yirikroq hisobda mağlub bölmaslik (faqat şunday ssenariyda Garet Sautgeyt jamoasi 1/8 finalga çiqa olmasligi mumkin edi). Maksimal va xolisonasi — işonçli ğalabaga erişib, amerikaliklarga qarşi golsiz durangdan keyin jamoa kuçiga bölgan şubhalarni tarqatiş.
Sönggi kunlarda Angliya matbuotida jamoa kutilgan darajada kuçli emasligi va Sautgeyt köplab taktik xatolarga yöl qöyayotgani haqida tinmay yozişdi. Inglizlar boş murabbiyi esa heç qaçon jurnalistlarga quloq solmagan va natijaga erişib kelgan.
Ammo Uelsga qarşi öyin oldidan u tanqidçilarining eng keng tarqalgan fikrlariga qöşilgandek böldi va tarkibda jiddiy özgarişlar amalga oşirdi — mamlakatning eng iste’dodli futbolçilaridan biri Fil Foden boşlanğiç tarkibda paydo böldi. U muntazam ravişda boşlanğiç tarkibda tuşib keladigan Maunt va Sterlingni zaxirada qoldirdi, Bellingemni oldinroqqa joylaştirdi. Şuningdek Sautgeyt yana ikkita bahsli qaror qabul qildi — Henderson öyinni ilk daqiqalardan boşladi va kutilmaganda Tripper zaxira örindiğiga yuborildi, lekin Kiran joyini Aleksandr-Arnoldga emas, murabbiyning sevimli futbolçisi Uokerga böşatib berdi.
Uels Angliya bilan pozitsion öyinda raqobatlaşiş ahmoqlik bölişini tuşunib turardi. Şu bilan birga uelsliklar gol urişi kerak edi, şu tufayli ular 2022 yilda ilk bor uç markaziy himoyaçidan iborat sxemadan ikki himoyaçi bilan öynaşga ötdi va eng hujumkor tarkibni tanladi - bu jahon çempionatida heç bir jamoa bunday tanlovga qöl urmagandi. Ammo Uels öyinning katta qismini töpsiz ötkazişi va sabr qilişiga töğri keldi.
Angliya ham bor kuç bilan öynamadi, ammo bu Sautgeytgga xos. Uning boşqaruvida jamoa köpinça birinçi bölimni sokin ötkazadi. Bu safar ham deyarli şunday böldi, garçi ayrim vaziyatlar yuzaga kelgan bölsa-da. Muxlislar talab qilgan futbolçilar — Foden va Reşford barçadan faolroq bölişdi. «MYu» forvardi dastlabki 45 daqiqalikda birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi va bir marta qayçi uslubida çiroyli zarba yölladi.
Ilk bor boşlanğiç tarkibda tuşgan Reşford va Foden qançalik jahd qilib öynayotgani körinib turardi. Tripper yöqligida Markus standart vaziyatlarni ijro etiş huquqiga ham ega böldi. Birinçi bölimda inglizlar standart vaziyatlardan töpni öynab ketişga qaror qilişgandi, ikkinçi bölim boşida esa «MYu» hujumçisi töğridan töğri zarba berişga qaror qildi — uning zarbasi burçakka aniq borib tuşdi va Devid Bekhemning gollarini yodga solib yubordi.
Uels ikkinçi bölim boşlanişi bilan gol qöyib yuborişga tayyor emasdi va keyingi hujumda yana gol ötkazdi — himoyaçilar jarima maydoni atrofida töpni yöqotişdi, Keyn narigi qanotdan oçilib kelgan Fodenga uzatma berdi.
Şu zahoti ijtimoiy tarmoqlar Fil Fodenni AQŞga qarşi öyinda ham tuşiriş kerak bölgani haqidagi gaplar bilan tölib ketdi, ammo köpçilik Sautgeytning aqlli qarorini eslab ötirmadi — tanaffusda Foden öng qanotdan çapiga ötkazilgan va darhol gol urgandi.
Hisob 2:0 körinişiga kelgaç, uelsliklar qarşilik körsatişni yiğiştirdi, Sautgeyt esa qator yetakçilarni almaştirdi — öyin natijasi ma’lum bölib ulgurgandek. U haq bölib çiqdi. 68-daqiqada Reşford yana bir golli hujumda iştirok etib, dubl rasmiylaştirdi va Angliyaning yirik hisobdagi ğalabasini ta’minladi.
Uels haqli ravişda turnirni tark etdi — bu V guruhidagi eng kuçsiz jamoa edi. Angliyaliklar esa AQŞga qarşi keçgan golsiz durangdan keyin yana bir yorqin futbol namoyiş etişdi. Sautgeyt jamoasi iştirokini davom ettiradi va 1/8 finalda Senegal bilan bahs olib boradi.
JÇ-2022 mezbonlari imkonsiz körindi, van Gaal mağlubiyatsiz seriya qayd etmoqda
JÇ-2022. A guruhi. 3-tur.
Niderlandiya – Qatar 2:0 Gollar: 1:0 – 26 Gakpo, 2:0 – 49 de Yong.
Niderlandiya – Noppert, Dumfris, van Deyk, Ake, Timber, Blind, de Ron (Kopmeyners, 83), Klassen (Bergeys, 66), de Yong (Taylor, 86), Depay (Yanssen, 66), Gakpo (Vegorst, 82).
Qatar – Barşam, Muhammad, Xuxi, Ro-Ro, Hassan, Ahmad, Xoder, Xotam, Madibo (Budiaf, 64), Alaa, Al-Haydos (Assadalla, 64), Ali (Muntari, 64), Afif.
Ogohlantiriş: Ake (52).
Öyindan oldin Memfis Depayning soğligi borasida turli xabarlar çiqqaniga qaramay, Lui van Gaal uni boşlanğiç tarkibda tuşirdi va bir soatdan ortiq vaqt öynatdi. Senegalga qarşi öyinda u yarim soat öynagan, Ekvador bilan öyinga esa ikkinçi bölim boşida tuşirilgandi, seşanba kuni esa startda böldi va Gakpo bilan hujumkor tandemni taşkil etdi. Hozirda qiziq savol tuğilmoqda: jamoani yanvarda qabul qilib olgan Ronald Kuman ham şunday qarorga keladimi?
Bunga şubha bor, çunki van Gaal klassik markaziy hujumçisiz öynaşni afzal köradi. U uç nafar şunday futbolçini turnirga zayavka qilgan (Lyuk de Yong, Yanssen, Veghorst), ammo ular faqat ikkinçi bölimda vaziyatga qarab tuşiriladigan instrument sifatida qöllanmoqda. Van Gaal va uning original taktik yurişlari — odatiy iş. Axir şunday yurişlar Niderlandiyani 2014 yilgi mundialda bronza medallar sovrindori qilgan va hozirda natija bor, 71 yoşli mutaxassisga esa savollar bölişi mumkin emas.
Qolaversa, Qatarga qarşi öyin oson keçişi aniq edi. Çempionat mezbonlari, albatta, sönggi öyinda eşikni qattiq yopib ketişni orzu qilişgan, ammo ular öz uyidagi turnirga 2019 yilgi Osiyo Kubogini olişga imkon bergan holatda yetib kelişmadi. Öşa qiziqarli va istiqbolli jamoaning faqat soyasi qolgan.
Milliy jamoa uçun içki turnirlarni oktyabr oyi örtalarida töxtatib qöyiş ham foyda bermadi. Bu aksinça — zarar keltirdi, çunki qatarliklar öyin ritmidan tuşib qolişdi, jamoaning eng yorqin futbolçilari — Afif va Almuoz Ali — öz iste’dodini ayrim epizodlardagina körsata olişdi. Niderlandiyaliklar safida esa avvalgi ikki öyinda bittadan gol urgan Gakpo bu öyinda ham Klassen bilan devor uslubida öynab, golli seriyasini davom ettirdi.
Köpçilik çap qanotda körib örgangan uşbu forvard bu turnirda haqiqiy mahoratini namoyiş etmoqda. U har ikki oyoği va boşi bilan gollar urdi (böyi 189 sm bölgan futbolçi uçun ajablanarli emas ham). Gakpo — yuqori samaradorlik qayd etmoqda, ikki tur öyinlaridan keyin uning bir özi jami zarbalar (12) va kutilgan gollar körsatkiçi (0,8 xG) böyiça Kosta-Rikani ortda qoldirayotgandi.
Depay esa hali oldingi formasiga qaytmagan. U 22 sentabr kuni Millatlar ligasi doirasida Polşa bilan öyinda jarohatlangandi va şundan keyin köp vaqt davolanib, faqat 14 noyabrga kelib umumiy maşğulotlarga qöşildi. Bu jamoaning mundialdagi birinçi öyinidan bir hafta oldin edi.
Tabiiyki, unga oldingi jismoniy holatiga qaytiş va öyinni his qila boşlaşi uçun vaqt kerak. Agar Depay hozir pik formada bölganida, qatarliklar darvozasiga ikkinçi gol urilgan hujumda Frenki de Yong uning zarbasidan keyin qaytgan töpga zarba berişiga hojat qolmasdi.
De Yong esa terma jamoa uçun endigina ikkinçi golini urdi, bu gollar orasida 1180 kunlik pauza kuzatildi. Öyin oxirlarida Berghaysning zarbasi tösinga tegdi va Qatar turnirni şarmandali natija bilan yakunlaşdan qutulib qoldi. Lekin Osiyo vakillari guruhdagi uç öyinda ham mağlub bölib, jahon çempionatlari mezbonlari uçun tarixdagi eng yomon körsatkiçni qayd etişdi. Endi qatarliklar turnirni tomoşabin bölib kuzatişadi, Niderlandiya — pley-offda. Bu jamoa guruh bosqiçidagidan köra yaxşiroq öynaşi mumkin. Mağlubiyatsiz 10 uçraşuvdan iborat seriya — van Gaal uçun çegara emas.
Senegal Manesiz ham uddaladi va 20 yil içida ilk bor pley-offga yöl oldi. Afrikaliklar Ekvadorni passivlik uçun jazoladi
Ekvador va Senegal butun tarixi davomida jahon çempionatlari pley-off bosqiçiga faqat bir martadan çiqqan. Bu 2000-yillarda röy bergan, bu ikki jamoa uçun ham mundiallardagi debyut iştirokida kuzatilgandi. Afrikaliklar 2002 yilgi jahon çempionatining asosiy sensatsiyalaridan biriga aylanib, çorakfinalga yetib borgan, janubiy amerikaliklar esa tört yil keyingi mundialda guruhdan çiqqan, ammo 1/8 finaldayoq Angliyaga yutqazgan.
Senegal Rossiyada ötgan 2018 yilgi jahon çempionatida ham pley-offga çiqişga yaqin edi, ammo oxirgi turda Kolumbiyaga yutqazib (0:1), guruhda qöşimça körsatkiçlar tufayli yaponlardan ortda qolişadi.
Bu safar ham afrikaliklar pley-off masalasini hal qilişi öz qölida edi. Şu «Xalifa Interneyşnl» stadionidagi öyin 1/16 final bahsiga aylandi. Şu bilan birga bu öyinda Ekvadorni durang ham qanoatlantirardi.
Bunday vaziyatda ekvadorliklar ehtiyotkorona öynaşini kutiş mumkin edi, ammo öyinning ilk 20-25 daqiqaligi şiddatli keçdi va bunda asosiy drayver Senegal böldi. Afrikaliklar yaxşi hujumlar uyuştirdi, qanotlarda Ekvador mudofaasini yorib ötişdi va zarba beriş pozitsiyalariga çiqişdi.
Şu bilan birga, tarkibda Sadio Mane yöqligi bilindi, «Bavariya» superyulduzi senegalliklarda qaror qabul qiliş bilan boğliq kamçiliklarni yopgan bölardi. Ammo Senegalga ekvadorliklar himoyaçisi Pero Inkape yordamga keldi, u keraksiz vaziyatda Ismail Sarrni jarima maydonida qulatdi, holbui bu epizodda raqib hujumçisi töpni özida saqlab qolişi dargumon edi.
Niderlandiyaga qarşi öyinda juda yaxşi köringan Ekvador esa hafsalani pir qildi. Jamoa pressing ham qilmadi, oldinga harakatlanmadi, dinamika ham, kreativlik ham kuzatilmadi. Birinçi bölimda yodda qolgan yagona vaziyat qöşimça daqiqalarda Enner Valensiya simulyatsiya işlatib, penalti söraşi böldi, ammo uning bu harakati butun jamoaning birinçi bölimdagi öyini kabi beöxşov edi.
Janubiy amerikaliklarga ikkinçi bölim boşida raqib ham öta ehtiyotkorona va sustkaşlik bilan öynay boşlagani yordam berdi. Ekvadorda qandaydir kreativlik paydo böldi deyiş qiyin, ammo janubiy amerikaliklar öyinida tezlik paydo böldi. Qolaversa, Gustavo Alfaro şogirdlari — bu jahon çempionatida standart vaziyatlardan foydalanişda eng yaxşilardan biri bölib turibdi. Şunday ekan Ekvadorning asosiy iste’dodli futbolçisi Moyzes Kaysedoning burçak zarbasidan keyin urgan goli mantiqiy edi.
Senegal esa bundan saboq oldi. Bir neça daqiqa ötib afrikaliklar ham standart vaziyatdan keyin gol urişdi va şunçaki jarima maydoniga qamalib olib, töpni duç kelgan tomonga tepib yuborişni bas qilişdi, buning örniga qiziqarli qarşi hujumlar uyuştirildi. Va faqat öyinga qöşib berilgan daqiqalarda, Ekvador bor kuçi bilan oldinga taşlanganida çuqur himoyalanişga ötildi va hisob saqlab qolindi. 1/8 finalga faolroq va taşabbusni qölga olgan holda öynagan jamoa yöl oldi.
Nimçorak final uçraşuvlari 3 dekabr kuni, Toşkent vaqti bilan soat 20:00da Niderlandiya va AQŞ terma jamoalari örtasidagi uçraşuv bilan boşlanadi. B guruhida birinçi örinni olgan Angliya esa 6 dekabrga ötar keçasi A guruhining ikkinçi örin sohibi Senegalga qarşi öyin ötkazadi.