Ilk qatnov samolyoti suv arkasi bilan tantanali ravişda kutib olindi. Namangan – Şarja yönalişi böyiça ilk parvozni kutib olişga bağişlangan tantanali marosimda Namangan aeroporti va Air Arabia aviakompaniyasi vakillari ramziy qizil lentani kesib, 170 nafar yölovçiga möljallangan birinçi havo qatnoviga röyxatdan ötiş jarayonini boşlab berişdi.
Air Arabia tomonidan amalga oşiriladigan Şarja va Namangan örtasida muntazam qatnovlar A-320 samolyotlarida haftasiga uç marotaba amalga oşiriladi. Namangandan uçiş duşanba, juma va yakşanba kunlariga belgilangan.
Air Arabia boş qarorgohi BAAning Şarja şahrida joylaşgan. Kompaniya Şarja va Iskandariya, Marokaşdagi törtta aeroportdan Yaqin Şarq, Janubi-Şarqiy Osiyo, Yevropa, MDH davlatlari va boşqa mamlakatlarga yölovçilarni taşiş bilan şuğullanadi.

















