Qoraqalpoğistonning Nukus şahrida 2 iyul kungi ommaviy tartibsizliklarda faol iştirok etgan Arislan Temirxanov öz aybiga töliq iqror böldi. Jinoyat işlari böyiça Buxoro viloyati sudidagi oçiq sud majlisida iştirok etayotgan Kun.uz muxbiri xabar qilişiça, 26 yoşli sudlanuvçi qilgan işlaridan qattiq puşaymonligini aytib, yiğlab keçirim söradi.
«Qamalib ketaman deb öylamagandim heç. Xalqimizdan, prezidentimizdan keçirim sörayman», — degan Arislan Temirxanov.
«Ustyurt geofizika» korxonasi qöriqçisi bölgan Temirxanov 2 iyul kuni ommaviy tartibsizliklarda Xöjayli guzari köçasida «Molotov kokteyli»dan foydalanib, huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari faoliyatiga qarşilik qilganlikda ayblanmoqda.
U sudda «Molotov kokteyli»ni turli videomurojaatlarni körib tayyorlaganini gapirib berdi.


















