Sankt-Peterburgdagi oliy ta’lim muassasalari örtasida ötkazilgan «Yil talabasi» tanlovida Sankt-Peterburg Davlat örmon xöjaligi universitetida ta’lim olayotgan Asad Avezov ğoliblikni qölga kiritdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tanlov doirasida Sankt-Peterburg şahrida joylaşgan 35 ta oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 156 nafar talaba taqdimotlari final bosqiçida baholandi. Nufuzli hakamlar baholari natijalari köra, 23 nafar talaba tanlov sovrindorlari qatoridan joy oldi.
«Yil talabasi» tanlovi ğoliblarini taqdirlaş marosimida Sankt-Peterburg şahri mutasaddilari, fan, ta’lim va madaniyat sohalari vakillari iştirok etdi.

















