Kiyevga bu majmualar «zudlik bilan» kerak, dedi Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba alyans mamlakatlari taşqi işlar vazirlari yiğilişi bölib ötayotgan Buxarestda.
NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg bilan suhbat çoğida Kuleba havo hujumidan mudofaa tizimi Rossiyaning Ukraina energetika infratuzilmasiga navbatdagi hujumlarining oldini olişi kerakligini ta’kidladi.
Polşa avvalroq Germaniya hukumatini uşbu maqsadlar uçun Ukrainani Patriot bilan ta’minlaşga çaqirgan edi.
Şu bilan birga, Buxarestda Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok qurolni topşirişga nisbatan şubhalarini bildirdi. NATO «ittifoq zonasida» yetarliça mudofaa tizimlari mavjudligini ta’minlaşi kerak, dedi Berbok.
U Berlin allaqaçon Kiyevga yetkazib bergan IRIS-T SLM havo mudofaa tizimi borligini eslatdi.
Bundan oldin Ukraina Slovakiyadan 30 ta BMP-1 piyoda jangovar maşinasini olgani xabar berilgandi. Bu haqda Slovakiya mudofaa vaziri Yaroslav Nad ma’lum qildi.
Uskunalar Germaniya bilan kelişuv asosida Ukraina tomoniga topşirildi, deya tuşuntirdi Nad.
U Germaniya mudofaa vaziri Kristin Lambrextga hamkorlik uçun minnatdorçilik bildirdi.


















