«Biz Rossiya Markaziy bankining 300 milliard yevrolik zaxiralarini blokladik va rossiyalik oligarxlarning 19 milliard yevrolik pullarini muzlatib qöydik», — dedi Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen.
Uning sözlariga köra, yaqin kelajakda YeI va uning hamkorlari uşbu mablağlarni boşqariş va sarmoya sifatida yönaltirişni öz zimmalariga olişlari mumkin. Undan tuşgan mablağ Ukrainaga yetkazilgan zararni qoplaş uçun yuboriladi.
«Buni amalga oşiriş uçun biz hamkorlarimiz bilan xalqaro şartnoma ustida işlaymiz. Birgalikda buning qonuniy yöllarini topişimiz mumkin», dedi fon der Lyayyen.
Uning ta’kidlaşiça, Yevropa Ittifoqi BMT kömagida Rossiya tajovuzkorligi jinoyatlarini tergov qiliş va aybdorlarni jazolaş uçun ixtisoslaştirilgan sud yaratişni taklif qilmoqda.
Bundan oldin Yevropa Ittifoqi Kengaşi bir ovozdan sanksiya çoralarini buziş holatlarini Yevropa Ittifoqiga qarşi jinoyatlar röyxatiga kiritişni ma’qullagandi.
Yevroittifoq Kengaşining ta’kidlaşiça, keyingi qadam, Yevropa Komissiyasi tomonidan sanksiyalar va jazolarni çetlab ötiş bilan boğliq jinoyatlarni tavsiflovçi direktiva taklifi böladi. Keyin u Yevropa Ittifoqi kengaşi va Yevroparlament tomonidan muhokama qilinadi.
Rossiya va Ukraina örtasidagi harbiy mojaro boşlanganidan beri Yevropa Ittifoqi sakkizta sanksiya paketini joriy qildi. Ular Rossiya banklari, işbilarmonlariga nisbatan çeklovlar, Rossiya kömirini olib kirişni taqiqlaş, neft embargosi, eksport çeklovlari va boşqalarni öz içiga oladi.
Ötgan hafta Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen sanksiyalarning töqqizinçi töplami ustida iş qizğin ketayotganini aytdi. Politico naşrining yozişiça, töqqizinçi paket doirasidagi asosiy çora YeI sanksiyalariga duçor bölgan şaxslar röyxatini kengaytiriş bölişi mumkin.


















