Rossiyaning Ukraina energetika tizimiga oktabr oyidan beri amalga oşirayotgan raketa zarbalarini, ehtimol, Rossiya yangi harbiy doktrinasi asosiy qoidasi bölgan muhim obektlarni yöq qiliş böyiça strategik operatsiya konsepsiyasini amalga oşirişning birinçi namunasi deb hisoblaş mumkin. Bu haqda Britaniya Mudofaa vazirligining Twitter’da kundalik şarhida ma’lum qilindi.
Britaniya harbiy razvedkasining ma’lumotlariga köra, bu konsepsiya uzoq masofali raketalardan aholini ruhiy tuşkunlikka tuşiriş va oxir-oqibat mamlakat rahbarlarini taslim bölişga majburlaş uçun uning qurolli kuçlariga emas, balki duşman davlatning muhim milliy infratuzilmasiga zarba berişni öz içiga oladi.
Rossiya zarbalari elektr ta’minotidagi uzilişlarga sabab bölişda davom etmoqda, bu esa tinç aholiga ta’sir qilmoqda, deya qayd etadi Britaniya Mudofaa vazirligi.
Biroq, razvedka uşbu strategiyaning samaradorligini şubha ostiga qöydi, çunki unga köra, Rossiya bunday maqsadlar uçun mos keladigan raketalarining aksariyat qismini allaqaçon işlatib yuborgan.
Bundan taşqari, zarbalarning moddiy va psixologik ta’siri uruşning dastlabki davridagiga qaraganda kamroq bölişi mumkin, çunki ukrainaliklar uruşning töqqiz oyi davomida muvaffaqiyatli ravişda safarbar etildi, deyiladi şarhda.
Avvalroq Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Rossiya eskirayotgan qanotli raketalardan yadroviy kallaklar olib taşlanib, paxtavon kallaklar işlatilayotganiga e’tibor qaratgandi.
Rossiya Ukrainadagi nişonlarga yadroviy kallaklari bölmagan X-55 rusumli qanotli raketalarini uçirmoqda. Buyuk Britaniya razvedkasiga köra, sovet ittifoqi davrida işlab çiqarilgan bunday eski raketalardan Ukrainaning havo hujumidan mudofaa tizimini çalğitiş va holdan toydiriş maqsadida foydalanilayotgan bölişi mumkin.
Oçiq manbalarda 1980-yillarda işlab çiqarilgan va yadroviy kallak taşiş vositasi sifatida möljallangan, Ukrainada urib tuşirilgan X-55 raketalari parçalari namoyiş etilgan. Jangovar kallaklar, katta ehtimol bilan paxtavon kallakka almaştirilgan.
Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi qayd etişiça, bunday raketa garçi öz kinetik energiyasi va yonilği qoldiqlari bilan zarar keltira olsa-da, nişonga jiddiy şikast yetkaza olmaydi. Öz-özidan, bundan maqsad ukrainlar havo hujumidan mudofaa tizimlarini çalğitiş va holdan toydiriş bölişi mumkin.


















