Davlat xavfsizlik xizmati Buxoro viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat içki işlar boşqarmasi hamkorligida Romitan tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy mayning ferma faoliyatiga çek qöyildi.

DXX xabariga köra, kompyuter va boşqa texnik qurilmalarga xizmat körsatişga ixtisoslaşgan MÇJ rahbari Romitan tumani çöl hududida joylaşgan boşqa bir xususiy korxona binosini hamda fermer xöjaligiga qaraşli dala şiyponini ijaraga olgan. Söng uşbu binolarga mayning qurilmalari örnatib, qonunga xilof ravişda yuqori kuçlanişli elektr tarmoğiga ulangan.

Tekşiruv davomida jami 9 turdagi 456 dona mayning qurilmalari va boşqa butlovçi elektr jihozlari aşyoviy dalil sifatida olingan. 

«Özenergoinspeksiya» Buxoro viloyat hududiy bölimi va Romitan tuman elektr tarmoqlari korxonasi xulosasiga köra, elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş natijasida mayning ferma tomonidan davlatga 2,5 mlrd söm miqdorida zarar yetkazilgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksi tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.