Mobiuz – zamonaviy texnologiyalar va yeçimlarni joriy etişga katta e’tibor beradigan innovatsion kompaniya. Operatorining şiorlaridan biri “Innovatsiyalar bilan aloqa” deb bejiz tanlanmagan.
Xususan, 2021 yilda Mobiuz aloqa bozorda birinçi bölib eSIM xizmatini joriy qildi. 2022 yilda Mobiuz’ning 5G tarmoği tijoriy foydalanişga topşirildi, u hozirda Toşkentning 17 ta joyida işlaydi. ICTEXPO 2022 körgazmasida kompaniya birinçi bölib VoLTE texnologiyasi imkoniyatlarini namoyiş etdi va tez orada uşbu xizmatni tijoriy işga tuşirişni rejalaştirmoqda.
Mobiuz mahsulot va xizmatlar ekotizimini faol rivojlantirmoqda. Mobiuz, MobiMusic, MobiCinema kabi mobil ilova va xizmatlari operatorga abonentlarning raqamli imkoniyatlarini kengaytiriş imkonini bermoqda.
6,9 milliondan ortiq abonent hozirda Mobiuz xizmatlaridan foydalanmoqda. Bu uyali aloqa operatorining zamonaviy va qulay mahsulot va xizmatlarni joriy etişga intilişi natijasidir.
1,8 mingdan köproq kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillari kompaniyaning tijorat hamkorlari hisoblanadi. Şunday ekan, Mobiuz kömagida aholi mobil aloqa xizmatlarini körsatiş sohasida öz biznesini yöl qöyib, uni rivojlantirib kelmoqda.
Turli standartlardagi 11 mingdan ortiq Mobiuz tayanç stansiyalari aholini mobil aloqa va mobil internet xizmatlari bilan ta’minlaşga xizmat qilmoqda. Ulardan 4 mingga yaqini Xitoy Xalq Respublikasidagi hamkorlar bilan investitsiya loyihasini amalga oşiriş doirasida bir yarim yil içida işga tuşirilgan.
Özbekistonda aholi yaşaydigan hududlarning 96,3 foizi Mobiuz aloqasi bilan qamrab olingan bölsa, mamlakatimiz aholisining 88 foizi 4G LTE tarmoğidan foydalaniş imkoniyatiga ega. Qiyoslaş uçun: 2022 yil boşida törtinçi avlod tarmoğining qamrov darajasi atigi 63,6 foizni taşkil etayotgandi.
Mobiuz jamoasida 1,6 mingdan ortiq öz sohasi mutaxassislari mehnat qiladi va aynan ular kompaniyaning barça muvaffaqiyat va yutuqlari ortida turibdi. Kompaniya yoşlar va mutaxassislarning özini namoyon qilişi va martabasi ösişi uçun barça zarur şart-şaroitlarni yaratib bergan jozibador iş beruvçi hisoblanadi.
Mobiuz mobil operatori barça abonentlari va korporativ mijozlariga, biznes va tijorat hamkorlariga işonç va hamkorlik, özaro tuşuniş uçun minnatdorçilik bildiradi!
















