Rossiya harbiylari Xersonni öqqa tutişda davom etmoqda. 30 noyabr tongida 70 yoşli ayol öz kvartirasida halok bölgan, yana bir kişi yaralangan. Xerson badiiy san’at muzeyi binosi şikastlangan. RF mudofaa vazirligi Donetsk yönalişidagi yuriş çoğida Belogorovka va Ozaryanovka qişloqlari egallangani haqida ma’lumot berdi. Ukraina tomoni bu ma’lumotni izohlamadi. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen tvitterida uruş boşidan buyon 100 mingdan oşiq ukrain harbiysi halok bölgani keltirilgan videoni namoyiş etdi. Keyinroq uning örniga yangisini joyladi – unda bu raqamlar yöq – va gap Ukraina qöşinining jami yöqotişlari, ya’ni qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ketayotganini, raqamlar esa uçinçi tomon manbalaridan olinganini aytdi. Ukraina mamlakat armiyasi yöqotişlari töğrisidagi ma’lumot xizmat siriga oid ma’lumot ekanini ma’lum qildi va fon der Lyayyen bu raqamlarni qayerdan olgani tekşirilişini bildirdi. Volodimir Zelenskiy Ukrainani tiklaş uçun trillion dollardan ortiq mablağ sarflaşga töğri kelişini ma’lum qildi.
Quyida 30 noyabr, uruşning 280-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Odessa hayvonot boği uy jonivorlarini qabul qilmoqda
Keng kölamli uruş boşlanganidan buyon Odessa hayvonot boği direktori Igor Belyakovning körsatmasiga binoan ukrainlar xorijga özlari bilan olib keta olmagan 700 dan ortiq jonivorlar boğga qabul qilingan. Endilikda hayvonot boğida itlar, muşuklar, ilonlar, quyonlar, olmaxonlar, quşlar, tovuqlar, toşbaqalar, buqalamunlar va haşarotlar ham yaşamoqda. Uruş davrida 300 dan ortiq kişi öz jonivorlarini olib ketiş uçun qaytgan, ayrim jonivorlarni esa yangi oilalar qabul qilgan.
Bundan taşqari, Odessa hayvonot boğida bahorda maşhur bölib ketgan Xarkivdagi hayvonot boğidan olib çiqilgan oq şerlar ham yaşamoqda. Öşanda Xarkivdagi hayvonot boğidagi jonivorlar va quşlar qariyb ikki oy davomida otişmalar ostida yaşagan va ularning köp qismi nobud bölgan. Xavfli ekaniga qaramay, hayvonot boği xodimlari omon qolgan jonivorlarni olib çiqiş uçun borişgan. Ayrimlarini ekopark egasi, ukrainalik biznesmen va Oliy rada deputati




























