Interpol Angola sobiq prezidentining qizi Izabel duş Santuşga nisbatan «qizil xabarnoma» çiqardi. Bu uning qidiruvga berilganini anglatadi.
Izabel öz mamlakatida turli jinoyatlarda, jumladan, davlat mablağlarini noqonuniy özlaştiriş, lavozimlarni sotiş, pul yuviş va firibgarlikda ayblanmoqda. Xususan, 2020 yilda Angola hukumati tadbirkor ayol va uning erini milliard dollarlik budjet mablağlarini öz kompaniyalari hisobiga ötkazganlikda ayblagan.
Duş Santuş barça ayblovlarni rad qilyapti. U ayblovlarni siyosiy sabablar bilan boğlamoqda.
Ilgari Izabel duş Santuş Afrikaning eng badavlat ayoli deb topilgan edi. 2020 yilda Forbes uning boyligini 1,4 milliard dollarga, 2019 yilda esa 2,3 milliard dollarga baholagan. 2021 yilda jurnal uni milliarderlar röyxatidan olib taşladi, çunki uning mablağlari köplab ayblovlar tufayli muzlatib qöyildi.
Izabel duş Santuş Rossiya fuqaroligiga ega. U 1973 yilda Bokuda tuğilgan, onasi penzalik rus millatiga mansub ayol.
Izabelning otasi Joze Eduardu duş Santuş 1979 yildan 2017 yilgaça Angola prezidenti bölgan. Otasi iste’foga çiqqanidan köp ötmay u korrupsiya ayblovlari tufayli mamlakatni tark etgan edi.

















