Guruh vakili guruhga aloqador telegram-kanalda al-Qurayşiy «Xudoning duşmanlari» bilan bölgan jangda halok bölgani haqida audioxabar qoldirgan, ammo boşqa tafsilotlar keltirilmagan. Guruh yetakçisi 45 yoşda edi.
IŞID guruhi Abu Al-Husayn Al-Husayniy Al-Qurayşiy guruhning yangi yetakçisi saylanganini xabar qilgan. U haqda köp narsa ma’lum emas.
AQŞ ham IŞID yetakçisi «Ozod Suriya armiyasi» tomonidan ötkazilgan operatsiya davomida yöq qilinganini tasdiqladi.
«Oktyabr oyi örtalarida Abu al-Hasan al-Hoşimiy al-Qurayşiyning ölimi IŞIDga navbatdagi zarba böldi. Bu operatsiya Suriyaning Deraa viloyatida «Ozod Suriya armiyasi» tomonidan amalga oşirildi», — deyiladi Markaziy qömondonligi matbuot xizmati xabarida.
«Ozod Suriya armiyasi» 2011 yil yozida Suriya prezidenti Başar Asad hukumatiga qarşi bölgan Suriya armiyasi zobitlari guruhi tomonidan tuzilgan. Hozir bu guruh kiçik mahalliy taşkilotlardan iborat va yagona qömondonlik markaziga ega emas. Guruh AQŞ va Saudiya Arabistoni tomonidan qöllab-quvvatlanadi va ham jangarilarga, ham Asad kuçlariga qarşi kuraşib keladi.
Pentagon bayonotiga köra, bu amaliyotda Amerika qöşinlari iştirok etmagan.
AQŞ prezidenti ma’muriyati rasmiysi Jon Kirbi IŞID yetakçisi ölimi haqidagi xabarni olqişlagan.
Abu al-Hasan Al-Qurayşiy joriy yil martida IŞID yetakçisiga aylangandi, öşanda Suriya şimoli-şarqida guruhning undan oldingi rahbari yöq qilingandi.

IŞID terrorçilik guruhi öz vaqtida Iroq şarqi va Suriya ğarbida jami 88 ming kvadrat kilometr maydonda xalifalik örnatgandi. Bu terrorçilar nazoratidagi hududlarda sakkiz millionga yaqin kişi yaşagan.
2017-2018 yillarda IŞID kuçlari avvaliga Iroqda, keyin Suriyada jang maydonlarida tor-mor etildi. Ammo guruh turli hududlarda amalga oşirilgan terrorçilik xurujlari uçun javobgarlikni öz zimmasiga olib kelmoqda, xususan, Afğoniston şimolidagi Qunduz şahrida şialar masjidida sodir etilgan portlaş uçun ham. Bu hujum oqibatida kamida 50 kişi halok bölgandi va bu Amerika qöşinlari mamlakatdan olib çiqilganidan keyin röy bergan eng qonli teraktga aylandi.

















