2022 yilning 16 may kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida Monopoliyaga qarşi kuraş qömitasi raisi Kun.uz muxbirining qömita har bir telefon uçun undirilayotgan 54 ming sömlik tölov kalkulyatsiyasi borasida tekşiruv ötkazişi ehtimoli böyiça savoliga javob bergandi. 

Qömita raisi Şohrux Şorahmedov UzIMEI va şunga öxşaş holatlar (yagona imtihon markazi, radarlar) kun tartibidagi murakkab masala bölib qolayotganini ta’kidlagandi. 

“Radarni auksionda beriş, UzIMEI’ni röyxatdan ötkaziş yoki “prava” beriş tadbirkorlik faoliyati emas, davlatdan ruxsatnoma beriş jarayoni. Şuning uçun davlat funksiyasi boşqa korxonalarga berilişini nazorat qiliş bizning qonunimizga mosmi, uni nazorat qiliş vakolatimizga kiradimi yoki boşqa organning vakolatimi, işlar töğri amalga oşirilmoqdami, xizmatga olinayotgan mablağlar töğrimi, şu kabi metodologik masalalar ustida işlayapmiz”, - degandi u. 

30 noyabr kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida Kun.uz muxbiri qömita mas’ullariga uşbu masalani eslatdi. 

Qömita raisi örinbosari Asadulla Qayumovning sözlariga köra, qömita ötgan davrda UzIMEI va boşqa davlat funksiyalarning xöjalik yurituvçi sub’yektlarga ötkazilişi masalasini örganib çiqqan. 

“UzIMEI tizimi xöjalik yurituvçi sub’yekti tomonidan amalga oşirilgani bilan Vazirlar Mahkamasi qarori bilan qabul qilingan qaror asosida tariflar qat’iy belgilangan. Ya’ni bazaviy hisoblaş miqdorining 20 foizi miqdorida aniq belgilab qöyilgan. Xizmat körsatiş reglemanti töliq Vazirlar Mahkamasi tomonidan tartibga solingan. Bu yerda raqobat muhitini narx jihatdan ham, sifat jihatdan ham şakllantiriş imkoniyati yöq”, – dedi u. 

Şu sababli u UzIMEI tizimini monopol yoki ustun mavqega ega sub’yekt deyişga qonuniy asos yöqligini aytdi. Qayumovning ta’kidlaşiça, bu kabi xizmatlarni çorrahalarda kuzatuv tizimlarini joriy qiliş masalasida ham köriş mumkin. 

“Bunda davlat özining funksiyasini tadbirkorlik sub’yektlariga beriş orqali amalga oşiryapti. Birorta çorrahaga qaysi sub’yekt qulayroq şartlar bersa, öşani tanlab oliş asosida raqobat muhiti şakllanyapti”, – dedi u. 

Qömita mas’uli “Yagona imtihon markazi” haqida gapirarkan, uşbu keysda narxlar tartibga solinmagani bois raqobat şakllanişi ehtimoli borligi va markazning raqobat muhitiga ta’sirini örganiş 2 yil talab qilişini aytdi.