Bugun AQŞ Mudofaa vazirligi yangi avlod strategik bombardimonçi B-21 Raider samolyotini namoyiş etadi. Taqdimot Toşkent vaqti bilan 3 dekabr soat 05:00da boşlanadi.

Yangi samolyotni işlab çiqariş bilan boğliq deyarli har bir jarayon öta maxfiylaştirilgan.

Sönggi marta Qöşma Ştatlar yangi bombardimonçi samolyotini 30 yil oldin, sovuq uruş davrida namoyiş qilgan edi.

Yangi samolyot oddiy va yadroviy qurollarni olib yurişga qodir. Şakl jihatidan u V-2 samolyoti kabi uçburçaksimon böladi. Uning radarlar uçun «körinmas» bölib qoliş xususiyati ham ança kuçaytirilgan. Kelajakda B-21 AQŞ yadroviy triadasining asosiy elementlaridan biriga aylanişi kerak.

Samolyotning birinçi sinov parvozi 2023 yilda oşirilişi kerak.

B-21 Raider samolyotining narxi 639 million dollarga baholanmoqda. Pentagon kelajakda 50 ga yaqin şunday samolyotga buyurtma bermoqçi. B-21 samolyoti 2025-2027 yillarda Qurolli kuçlar ixtiyoriga berilişi kutilyapti.