Vladimir Norov Polşada bölib ötayotgan YeXHT Taşqi işlar vazirlari kengaşi 29-yiğilişi qatnaşçilarini Afğoniston iqtisodiyoti uçun mutaxassislar tayyorlaş uçun Termiz şahrida Ta’lim klasterini taşkil etişni qöllab-quvvatlaşga taklif qilgan.

Taşqi işlar vazirligi xabar berişiça, Vladimir Norov yiğiliş iştirokçilari e’tiborini Özbekiston tomonidan Afğonistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklaş va gumanitar yordam körsatiş borasida amalga oşirilayotgan sa’y-harakatlarga qaratgan.

Jumladan, “Termiz – Mozori Şarif – Kobul – Peşovar” temiryöl loyihasi amalga oşirilişi Markaziy va Janubiy Osiyo örtasidagi özaro boğliqlikni mustahkamlaş, Afğonistonni iqtisodiy hamkorlikka jalb etiş va uni bu ikki mintaqani boğlaydigan köprikka aylantiriş uçun katta imkoniyatlar oçişi ta’kidlagan.

Bundan taşqari, Vladimir Norov YXHT hamkorlarini uzoq qiyin vaziyatdagi afğon xalqiga gumanitar yordam körsatiş uçun Termiz şahridagi Xalqaro transport va logistika xabidan foydalanişga, şuningdek, Afğoniston iqtisodiyoti uçun mutaxassislar tayyorlaş uçun Termiz şahrida Ta’lim klasterini taşkil etişni qöllab-quvvatlaşga taklif qilgan.

Ma’lumot uçun 2018 yilda Termiz tumanida Oliy va örta ta’lim vazirligi huzuridagi Afğoniston fuqarolarini öqitiş ta’lim markazi iş boşlagan. Mazkur ta’lim markazida afğonistonlik köplab yigit qizlarga özlari tanlagan sohalar böyiça ta’lim berib kelinmoqda.