Ukrainaning Vengriya, Niderlandiya, Polşa, Xorvatiya, Italiya va Avstriyadagi elçixonalariga, şuningdek, Neapol, Krakov va Brnodagi konsulliklariga hayvonlarning közi solingan qonli paketlar jönatilgan. 

Bu haqda Ukraina Taşqi işlar vazirligi spikeri Oleg Nikolenko ma’lum qildi. 

«Ispaniyadagi teraktdan keyin Ukrainaning Vengriya, Niderlandiya, Polşa, Xorvatiya, Italiya va Avstriyadagi elçixonalariga, şuningdek, Neapol, Krakov va Brnodagi konsulliklarga hayvonlar közi solingan qonli paketlar jönatildi. Biz bu jönatmalarning maqsadini örganyapmiz. 

Elçining Vatikandagi kvartirasiga kiriş joyida vandalizm akti sodir qilindi. Qozoğistondagi elçixona minalaştirilgani haqida xabar berildi, keyinçalik bu tasdiqlanmadi. Qöşma Ştatlardagi elçixonaga Ukraina haqidagi tanqidiy maqolaning nusxasi keldi. Boşqa konvertlar singari, bu xat ham Yevropaning bir davlati hududidan jönatilgan», — dedi Nikolenko. 

Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba sözlariga köra, bu Ukraina elçixonalari va konsulliklarini terror qiliş va qörqitişning yaxşi rejalaştirilgan kampaniyasi. Ukrainaning barça elçixonalari va konsulliklari kuçaytirilgan xavfsizlik çoralari rejimiga ötkazildi, dedi vazir. 

30 noyabr kuni Ukrainaning Ispaniyadagi elçixonasiga bomba solingan paket jönatilgan va uni oçişga uringan xodim portlaş oqibatida jarohat olgan edi.