Rossiya hukumati Yevropa Ittifoqi (YeI) davlatlari tomonidan bir kun avval kelişilgan Rossiyadan neft yetkazib beriş narxining maksimal çegarasini tahlil qilmoqda, biroq çegarani qabul qilişni rejalaştirmayapti.
Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
«Endi biz tahlil qilamiz. Bunday çegara belgilanişiga tayyor edik. Biz bu çegarani qabul qilmaymiz. Vaziyatni tahlil qilib, keyin iş qanday taşkil etilişini ma’lum qilamiz», — dedi Peskov.
2 dekabr kuni Yevropa Kengaşi Rossiya neftining bir barreliga 60 dollar miqdoridagi narx çegarasini joriy etişni ma’qulladi. Bu çeklov Yevropa Ittifoqi davlatlari tomonidan Ukrainadagi harbiy amaliyotlarni moliyalaştirişni qiyinlaştiriş maqsadida Rossiyaning iqtisodiy salohiyatini zaiflaştiriş vositasi sifatida baholanmoqda.
Narx çegarasi Rossiya va Ukraina tomonidan tanqid qilindi. Rossiya rasmiylari narxning yuqori çegarasini erkin bozor tamoyillarini buzuvçi çeklov sifatida baholadi va energiya resurslarini arzonroq narxda yetkazib berişning iloji yöqligi haqida ogohlantirdi.
Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak sözlariga köra, «duşman iqtisodiyotini tezroq yöq qiliş» uçun bir barrel neft narxini 30 dollar qilib belgilaş lozim edi.

















