24 fevraldan 4 dekabrgaça, boşqarma ma’lumotlariga köra, 6702 nafar tinç aholi vakili (424 nafar bola) halok bölgan. 10 479 kişi (775 bola) jarohatlangan.

Avvalroq Ukrainada 40 mingta uruş jinoyati qayd etilgani xabar qilingandi.

Rossiya qöşinlarining Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi boşlanganidan beri, mamlakat Adliya vazirligi ma’lumotlariga köra, 40 mingta harbiy jinoyat qayd etilgan. 

Ukraina adliya vaziri Denis Malyuska Germaniyaning Die Welt gazetasiga bergan intervyusida aytişiça, vazifa ikkita aniq jinoyat böyiça jinoiy javobgarlikka tortişdan iborat: «xalqaro huquqqa zid bölgan bosqinçilik harakati va genotsid akti». 

«Boşqa davlatga hujum asossiz sodir etilgan bölsa va hujumga uçragan davlat oçiq qarşilik körsatsa, bu - jinoiy javobgarlikka tortiş uçun asos hisoblanadi. Buning uçun dalillar töplayapmiz», - dedi Malyuska.

Bundan oldin Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayyen Rossiyaning Ukrainadagi tajovuzini tekşiriş uçun BMT tomonidan qöllab-quvvatlangan maxsus sud tuzişni taklif qilgandi.