AQŞ Kongressidagi tegişli qömitalar 1 oktyabrda Qöşma Ştatlarda boşlangan 2023-moliya yili uçun Milliy mudofaa töğrisidagi qonunni (National Defense Authorization Act, NDAA) kelişib oldi. 6 dekabr, seşanba kuni Vakillar palatasi Qurolli kuçlar qömitasi raisi va a’zosi Adam Smit va Mayk Rojyers hamda Senat Qurolli kuçlar qömitasi raisi va a’zosi Jyek Rid va Jim Inxof hujjat matnini e’lon qildi.

Unga köra, NDAA Ukraina Qurolli kuçlarini qöllab-quvvatlaş hamda uning ta’minlanişi ustidan nazorat böyiça Ukraina xavfsizligiga kömaklaşiş taşabbusi (Ukraine Security Assistance Initiative, USAI) doirasida 800 million dollar (746 million yevro) mablağ ajratadi.

Reuters ma’lumotlariga köra, bu AQŞ prezidenti Jo Bayden joriy yil boşida söraganidan 500 million dollar (478 million yevro)ga köpdir.

USAI paketi «AQŞning Ukrainani eng dolzarb ehtiyojlarini qondiriş, şuningdek, uzoq muddatda uning suverenitetini himoya qiliş uçun Ukraina Qurolli kuçlarining salohiyatini oşiriş orqali uni qöllab-quvvatlaşga sodiqligini tasdiqlaydi», deb ma’lum qildi Pentagon.

AQŞning umumiy mudofaa budjeti 858 milliard dollarni (819 milliard yevro) taşkil qiladi. Şu bilan birga, Vaşington Osiyo-Tinç okeani mintaqasida mudofaaviy tiyib turiş, ittifoqçilar va şeriklarni qöllab-quvvatlaş, şuningdek, uşbu mintaqada salohiyat va jangovar tayyorgarlikni rivojlantiriş uçun 11,5 milliard dollar (10,9 milliard yevro) ajratiş niyatida.

Hujjat, şuningdek, beş yil davomida Tayvan bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni 10 milliard dollargaça (9,56 milliard yevro) oşirişni nazarda tutuvçi 2022 yilgi Tayvanning barqarorligini oşiriş töğrisidagi qonun kuçga kirişiga ruxsat beradi.

Milliy mudofaa mablağlari töğrisidagi qonunning murosali versiyasi AQŞ Senati va Vakillar palatasida respublikaçilar va demokratlar örtasida bir neça oy davom etgan muzokaralar natijasiga aylandi.

Umuman olganda, qonun loyihasida mudofaa xarajatlari uçun Bayden söraganidan 45 milliard dollar (43 milliard yevro) köproq talab qilinadi, çunki Kongressdagi muzokaraçilar global inflatsiya va Kiyevga köproq yordamni hisobga olgan.

NDAA 1961 yildan beri har yili qabul qilinadi. Unda AQŞ harbiy xizmatçilarining iş haqini oşiriş, kemalar va samolyotlar sotib oliş, şuningdek, masalan, Xitoy va Rossiya bilan boğliq geosiyosiy jihatlar körsatilgan. AQŞ qonun çiqaruvçilari NDAA'dan bir qator taşabbuslar uçun vosita sifatida foydalanadi.