Bloomberg xabariga köra, Moskva ikki variantni körib çiqmoqda: yo qat’iy belgilangan «pastki» narx yoki Brent va WTI neftiga nisbatan maksimal çegirma miqdori.
Rossiya öz mijozlariga bozorga asoslangan oddiy va tuşunarli narx mexanizmini taklif qilişga intilyapti. Ikkala mexanizm ham Rossiyaning barça kompaniyalari uçun yagona standartni joriy etişni öz içiga oladi: bu neftning minimal narxi yoki xalqaro bençmarkka nisbatan maksimal çegirma. Ikkala körsatkiç ham «suzuvçi» böladi - ya’ni ularning hajmi joriy bozor şaroitlariga qarab özgaradi.
Şu bilan birga, Rossiya rasmiylari bunday çoralarni neft biznesi vakillari bilan muhokama qilmagan. Agentlikning qayd etişiça, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning barça neft kompaniyalarini, şuningdek, Rossiya kompaniyalari bilan hamkorlik qiluvçi treyderlarni belgilangan çoralarga rioya qilişga majburlovçi tegişli farmonni imzolamoqçi. Ğarb koalitsiyasi tomonidan belgilangan 60 dollarlik yuqori çegaraga rioya qilişga rozi bölgan mamlakatlarga Rossiya öz neftini yetkazib bermaydi.
5 dekabrdan Rossiya nefti narxining yuqori çegarasi mexanizmi kuçga kirdi, agar neft narxi bir barrel uçun 60 dollardan yuqori bölsa, Rossiya kompaniyalariga xizmat körsatiş taqiqlanadi. Sanksiyalar moliyaviy, logistika, suğurta va boşqa turdagi xizmatlarga nisbatan qöllaniladi. Kelajakda, agar bozor kon’yunkturasi buni talab qilsa, narx çegarasi qayta körib çiqilişi mumkin.

















