Rossiyani tark etib, Latviyadan qönim topgan «Dojd» telekanali boşlovçisi Aleksey Korostelevning efirda Ukrainada jang qilayotgan rossiyalik askarlarga telekanal yordam qilişi mumkinligini aytişi natijasida litsenziyasidan mahrum böldi.

«Dojd» kanali studiyasi. Foto: business-gazeta.ru

Telekanal yuzaga kelgan e’tirozlar ortidan Aleksey Korostelev bilan hamkorlikni töxtatişga qaror qilganini e’lon qildi. Telekanal axborot xizmati rahbari Yekaterina Kotrikadze bu borada çiqiş qildi.

Biroq, şundan söng rahbariyat qaroriga norozi bölib, telekanal bilan uning ikki maşhur jurnalisti Vladimir Romenskiy va Margarita Lyutova ham hamkorlikni uzişlarini e’lon qilişdi. Romenskiy Korostelevning öşa dasturida şef-prodyuseri bölgani, efirda aytilgan gaplar uçun u ham mas’ulligini tuşuntirgan.

Lyutova esa inson «xato qiliş huquqiga ega, oçiq işdan haydalişdan oldin oçiq tuşuntiriş beriş huquqi bor», deb hisoblaydi.

Korostelev nimalar deb qöygandi?

Ötgan payşanba (30 noyabr) kuni «Zdes i seyças» axborot dasturi jonli efirida Korostelev tahririyatning Rossiyadagi harbiy safarbarlikda yöl qöyilayotgan qonunbuziliş holatlari haqidagi ma’lumotlarni tahririyat poçtasiga jönatiş töğrisidagi iltimosini öqiy turib, «Umid qilamizki, jumladan biz ham, köplab harbiylarga frontda elementar qulayliklarga ega bölişiga yordam bergan bölar edik», deya qöşimça qilgan.

Juma kuni kötarilgan maşmaşalardan söng bu qöşimça efirdan kesib taşlangan, telekanal boş muharriri Tixon Dzyadko uzr sörab çiqqan. Dzyadko Korostelevning oğzidan yangragan jumla «tomoşabinlarni çalğitişi», «telekanal RF armiyasiga yordam berayotgani» haqida notöğri taassurot uyğotişini aytgan.

Tixon Dzyadko. «Dojd» kanali efiridan

«Şuni ta’kidlaş muhimki, telekanal Rossiya armiyasiga frontda ham undan çetda ham kömak beriş bilan şuğullanmagan, şuğullanmayapti va şuğullanmaydi», — deb yozgan