“Malayziya xalqaro brendlar körgazmasi” maşinasozlik, töqimaçilik va trikotaj, pardoz-andoz, uy-rözğor buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari körgazmasi bölib, 2005 yildan beri har yili Malayziya poytaxtida ötkaziladi. Mazkur körgazmada mahalliy va xorijiy işlab çiqaruvçilar öz mahsulotlari bilan qatnaşadi. Uşbu tadbirda har yili öndan ortiq mamlakatdan 500 ga yaqin kompaniyalar, dunyo 50 dan ortiq mamlakatidan salkam 10 ming kişi iştirok etadi.
Körgazmada Özbekiston elçixonasi tomonidan taşkil etilgan milliy stendda mamlakatda işlab çiqarilgan oziq-ovqat, kosmetika, ip-kalava, kabel va farmatsevtika yönalişidagi mahsulotlar namoyiş etildi. Tadbir davomida körgazmada iştirok etayotgan kompaniyalar va çet ellik xaridorlar uçun biznes-forum taşkil etildi. Unda qatnaşçilarga mamlakat sanoat tarmoqlari, töqimaçilik, oziq-ovqat sanoati, milliy mahsulotlar eksport geografiyasi töğrisidagi ma’lumotlar taqdim etildi.
Körgazmada mamlakatda işlab çiqarilgan mahsulotlarga qiziqiş bildirgan Malayziyaning Alpha Indera va Izdihar Souk kompaniyalari bilan mamlakatdan qayta işlangan qişloq xöjaligi mahsulotlarini Malayziyaga import qiliş böyiça muzokaralar olib borildi.

















