«Yurtimizga sovuq kunlar kelib, energiya yetmagani uçun öçiriş holatlari bor. Köp joylarda elektr energiyasi yetmayapti. Ammo poytaxtimizda elektr yonib turibdi, gaz bor. Lekin kerak bölmasa ham hamma xonadonni yoritib qöyib, zaruratsiz hollarda ham barça xonalar isitib qöyilayotgan bir paytda qaysidir bir çekka qişloqda yurtdoşlarimiz borligini unutmaylik. Ehtimol, men isrof qilmasam ularga ham energiya yetib borar, degan taqvo bilan tursak, bu Allohning ne’matiga şukronalik bölardi», — deydi Musulmonlar idorasi raisi öz murojaatida.
Muftiyning aytişiça, hukumat bu borada ahvolni yaxşilaşga harakat qilmoqda, şu örinda fuqarolar ham ne’matlarni isrof qilmasligi kerak.
«Bir paytlar plitadagi gaz öçirilmagan, gugurt çaqişni iqtisod qiliş uçun. 24 soatlab yoqilgan holda turgan. Nimani xor qilsang, şunga zor bölasan, deganimdek hozir qança muammo. Töğri, hukumatimiz, davlatimiz rahbari inson qadri uçun harakat qilyapti. Lekin, biz özimiz ham isrof qilmaslikka harakat qilişimiz kerak.
Biz özimiz viloyatda yaşab körganmiz, elektrdagi uzilişlar, gaz bölmasligini va suvning qiyinçiliklarini. Bugun poytaxtdagi ayrim xonadonlarda energetika isrof qilinganini körganimizda beixtiyor öşa issiqlik manbaiga muhtoj bölib turganlar köz oldimizdan ötadi. Bu isrof.
Özida yöqlarga tejaşni aytmoqçi emasmiz, özida borlar tejasin, boşqalarga ham yetib borsin. Agar hammamiz energetikani faqat kerakli joyda işlatganimizda, boşqalarga ham yetib borardi», — deydi muftiy öz murojaatida.
Şuningdek, Nuriddin Xoliqnazarov yurtdoşlarimizga qiyomatda har bir ne’matning zavoli uçun javob berilişini eslatib, isrofning oldini olişga çaqirdi.
«Umuman olganda, oxiratda har bir ne’matning zavoli uçun javob berarkanmiz, barça narsada isrofning oldini olişimiz kerak. Ana öşanda Alloh bizga ziyoda qilib beradi. Çunki Alloh taolo Qur’oni Karimda «Ne’matlarimga şukr qilsangiz, ziyoda qilaman», deya marhamat qilgan».















