Özbekistonga 2022 yil yanvar-oktabr oylarida Xitoydan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmida çoy birinçi örinni egalladi – 21,6 ming tonna.
Davlat statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, undan keyingi örinlardan mos ravişda 1,9 ming tonna hamda 729 tonna miqdorda sotib olingan mandarin va olma joy oldi.
Uşbu körsatkiç qolgan oziq-ovqat mahsulotlari kesimida quyidagiça körinişga ega:
- makkajöxori – 659 tonna;
- kakao va şokolad – 563 tonna;
- ösimlik yoği – 556,5 tonna;
- qandolat mahsulotlari – 201 tonna;
- qahva – 67,5 tonna;
- baliq va dengiz mahsulotlari – 46,5 tonna;
- sut mahsulotlari – 27,2 tonna.

















