Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkaboğ tumani IIB boşliği örinbosari Ahror Yangiyev qöl ostidagi xodimga bosim ötkazgani tasvirlangan video tarqaldi. Videoda boşliq örinbosari profilaktika inspektoriga berilgan topşiriqni bajarmagani uçun uyga borişini taqiqlaydi.

Inspektor esa bolalari yolğiz qolganini, uyga borişi kerakligini aytadi. A.Yangiyev «Bugun uyga borişga haqqing yöq. Bugun ertalabgaça yurişga haqqing bor» deb inspektorga bosim ötkazadi.

Viloyat IIb axborot xizmatining xabar berişiça, videotasvirdagi holatda 2022 yil 17 noyabr kuni Yakkaboğ tumanida sodir bölgan YTH böyiça olib borilayotgan suriştiruv jarayoni aks etgan.

Tuman IIB boşliği 1-örinbosari podpolkovnik A.Yangiyev tuman IIB HPB profilaktika inspektori kapitan N.Samandarovga topşiriq berayotganida profilaktika inspektori rahbari bilan gap talaşgan.

Qayd etilişiça, hozirda holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan xizmat tekşiruvi ötkazilmoqda.