Qatl Farah viloyatidagi futbol stadionida amalga oşirildi. Hirot viloyatida yaşovçi Tojmir ismli şaxs beş yil avval Farah viloyatida yaşovçi Mustafoni öldirgani uçun qatl etildi. U jabrlanuvçining mototsikli va mobil telefonini öğirlaganlikda ham ayblangan.

Qurbonning qarindoşlari Tojmirni jinoyatda ayblaganidan keyin u hibsga olingan. Erkak qotillikka iqror bölgani aytilmoqda.

Qatlni «Tolibon» hukumatining yuqori martabali vakillari va boşqa yuzlab odamlar kuzatgan. Hukumat rasmiy vakili Zabihullo Mujohid sözlariga köra, rasmiylar qattiqqöllik siyosatini olib borişda va şariat qonunlariga amal qilişda davom etadi. Şuningdek, u jazoni ijro etiş töğrisidagi qaror «juda puxta» qabul qilingani, uni uçta sud tasdiqlagani va «Tolibon»ning oliy rahbari mulla Haybatullo Oxundzoda ma’qullaganini ham aytdi.

«Tolibon» harakati 2021 yil avgustida Afğonistondagi hokimiyat tepasiga qaytgan edi. 1990 yillar oxiridagi avvalgi hukmronlik davrida «Tolibon» jinoyatda aybdor deb topilganlarni omma oldida qatl qiliş, kaltaklaş va toşböron qiliş kabi çoralarni qöllagan.