AQŞ Kongressi Senati 2023 yilgi mudofaa budjetini kelişib oldi. Uning miqdori rekord darajadagi 847,3 milliard dollarni taşkil etadi.

Budjetda Ukrainaga 800 million dollar miqdoridagi harbiy yordam ham közda tutilgan.

Bundan taşqari, budjet loyihasida Rossiya bilan harbiy hamkorlikni taqiqlaş muddati beş yilga uzaytiriladi. Hujjat tasdiqlangaç, imzolaş uçun prezident Jo Baydenga yuboriladi.

2022-moliya yili uçun AQŞ mudofaa budjeti 778 milliard dollarni taşkil etgan edi.

Ukrainadagi uruş fonida mudofaa xarajatlari ortib bormoqda.

Rossiya 2023 yil uçun mudofaa budjeti 84 milliard dollar bölişini e’lon qildi, bu 2021 yildagiga qaraganda 40 foizga köproq.

Noyabr oyi boşida Ukraina parlamenti 38 milliard dollarlik rekord darajadagi mudofaa budjetini tasdiqlagan edi.

Fransiya mudofaa budjeti 3 milliard yevroga oşib, 43,9 milliard yevroga yetdi. Bu deyarli 15 yil içidagi eng katta ösiş böldi.

Germaniya Bundesverni modernizatsiya qiliş uçun 100 milliard yevro miqdorida maxsus fond yaratdi. Jamğarma beş yil davomida sarflanadi.