Tomonlar sarmoyaviy, savdo-iqtisodiy sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Suhbat çoğida ikki tomonlama hamkorlik masalalarini birgalikda hal etiş platformalari samaradorligi, 2021 yil dekabr oyida birinçi uçraşuvi bölib ötgan Strategik şeriklik muloqoti salohiyati yuzasidan fikr almaşildi.

Mintaqaviy kun tartibi böyiça, Markaziy Osiyoda tinçlik, barqarorlik va farovonlikni mustahkamlaş samarali va muhim vositasiga aylangan «C5+1» taşabbusi doirasida yaqin hamkorlikni davom ettirişga ikkala mamlakat sodiqligi ta’kidlandi.

Uçraşuv iştirokçilari davlat iqtisodiyotdagi iştirokini qisqartiriş, bojxona ma’muriyatçiligini takomillaştiriş, texnik jihatdan tartibga soliş va intellektual mulk huquqlarini ta’minlaş masalalarini nazarda tutgan holda Özbekiston JSTga a’zo bölişi jarayoni bugungi holatini körib çiqdi. AQŞ tomoni Özbekistonga taşkilotga a’zo böliş jarayonida yordam berişda davom etişga tayyorligini bildirdi.

Özbekiston va Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi (DFC) örtasida energetika, transport, ta’lim, soğliqni saqlaş sohalaridagi hamkorlik doirasida avval erişilgan kelişuvlar amalga oşirilişi, DFC moliyalaştirgan davlat-xususiy şeriklik loyihalarini hayotga tatbiq etiş masalalari muhokama qilindi. Tomonlar uşbu yönalişdagi hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlarini körib çiqişga kelişib oldi.

Muzokaralarda muhokama qilingan boşqa mavzular qatorida töqimaçilik sohasidagi hamkorlik istiqbollari örin oldi. Özbekiston töqimaçilik mahsulotlarini AQŞ bozoriga eksport qiliş uçun imtiyozli savdo rejimini joriy etiş istiqbollari muhokama qilindi.