7 dekabr, çorşanba kuni AQŞ Senati xalqaro aloqalar qömitasi Rossiyaning Ukrainaga qarşi harakatlarini Ukraina xalqining genotsidi sifatida tan oladigan rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjat Rossiya Federatsiyasini uşbu mamlakatga harbiy bostirib kirişi paytida «Ukraina xalqiga qarşi genotsid aktlarini sodir etgani uçun» qoralaydi, AQŞ va uning ittifoqçilarini Ukraina hukumatini qöllab-quvvatlaşni davom ettirişga va «bu dahşatli jinoyatlar uçun javobgarlar şaxslarni jazoga tortişga qaratilgan tergovlarni olib borişga» çaqiradi.
«Putin öz harakatlari bilan öz maqsadi - Ukraina xalqining mavjudligiga çek qöyiş ekanini juda aniq körsatdi. Men şaxsan Irpen va Kiyev viloyatining boşqa hududlarida uning şafqatsizligining dalilini kördim», dedi rezolyutsiya mualliflaridan biri bölgan respublikaçi senator Jim Riş.
Yana bir hammuallif, demokrat senator Ben Kardin «Putinning noqonuniy va asossiz uruşi davomida Ukraina xalqiga qarşi sodir etilgan jinoyatlar son-sanoqsiz xalqaro konvensiyalarni buzadi va faqat genotsid sifatida tavsiflanişi mumkin», dedi.
Rezolyutsiya AQŞ prezidenti Jo Baydenni Ukraina xalqining genotsidiga aloqador şaxslarga qarşi «Magnitskiy akti» böyiça sanksiyalar qöllaşni taklif qiladi.
Xalqaro jinoiy sud Ukrainada sodir etilgan harbiy jinoyatlarni tergov qilmoqda. Rossiya öz harbiylari Ukrainada tinç aholini öldirganini rad etadi. Qotilliklar haqidagi ma’lumotni tarqatiş Rossiyada mahalliy armiyaga qarşi feyklar töğrisidagi modda böyiça jinoiy javobgarlikka tortiş bilan tahdid qilişi mumkin.
Avvalroq bir qator davlatlar parlamentlari Rossiyaning Ukrainaga harbiy bostirib kirişi munosabati bilan Rossiyani terrorizm homiysi yoki terrorçi rejim deb e’lon qilgan edi. Xuddi şunday rezolyutsiya Yevropa parlamenti tomonidan ham ma’qullangan. Şunga öxşaş hujjatlar allaqaçon AQŞ Kongressiga bir neça bor kiritildi, ammo ularning heç biri hali qabul qilinmagan.

















