Ukrainadagi uruşning 287-kuni. Asosiy ma’lumotlar:

  • Vladimir Putin safarbarlik doirasida armiyaga çaqirilgan 300 ming kişidan faqat 150 ming nafari harbiy harakatlar hududiga jönatilgani, şundan faqat 77 ming kişi töğridan töğri jangovar bölinmalarga biriktirilganini ma’lum qildi;
  • Şuningdek, Putin uruşişdan boş tortganlar uçun heç qanday «lager» va «qamoqxona» yöqligi, Rossiya qöşinlaridagi dezertirlik holatlari ommaviy xarakterda emasligi — faqat «ayrim holatlar uçrayotgani»ni qayd etdi;
  • Time jurnali Volodimir Zelenskiy va Ukraina ruhiyatini «2020 yil odami» deb topdi;
  • Ukrainadagi jang maydonidan qoçib kelgan va politsiyaçilarga öt oçgan dezertir Rostov oblastida qölga olingan. Bu Ufadagi IK-4 qamoqxonasi mahbusi Pavel Nikolin bölib, u «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi tomonidan yollangan. U Ukrainadan 24 noyabr kuni qoçib kelgan.

Okkupatsiyadagi Mariupol

«Azovstal»da 1967 yilda Ikkinçi jahon uruşi frontida halok bölgan işçilar xotirasiga örnatilgan yodgorlik bahordagi harbiy harakatlar çoğida öqqa uçragan. Rossiya-Ukraina uruşi vaqtida «Azovstal» kombinati muhim ramzlardan biriga aylandi: RF armiyasi mart oyidayoq şaharning katta qismini egallab oldi, zavodda esa mahalliy aholi va Ukraina armiyasi kuçlari yaşirindi. Ukrainalik harbiylar 16 mayga qadar mudofaalandi, keyin rahbariyat topşiriği bilan taslim bölişdi, öşanda asir tuşgan 2 mingga yaqin kişidan 215 nafari sentabr oyida harbiy asirlar almaşinuvi doirasida qaytarildi.
Sergei Ilnitsky / EPA / Scanpix / LETA
Mariupol markazidagi kafedagi odamlar. Mariupol töqqiz oydan buyon Rossiya okkupatsiyasi ostida qolmoqda