Qatarda ötayotgan futbol böyiça jahon çempionatida nimçorakfinal bahslari yakunlandi. Juda tez ötayotgan turnirda 8ta jamoa va 8ta öyin qoldi.

Bu mundial şuni körsatdiki, favorit va autsayderlar örtasidagi farq ança qisqargan. Guruh bosqiçida avvalgidek navbatçi öyinlar köp bölmadi. 3-turdagi parallel bahslar sönggi soniyalargaça hayajonda uşlab turdi. Osiyo va Afrika jamoalari kuçli raqiblarga jiddiy qarşilik körsatişdi. Ilk bor OFKning 3 jamoasi (Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya) guruhdan çiqişni uddaladi. Marokaş guruhda Belgiya, nimçorakfinalda Ispaniyani mağlub etib köpçilikning e’tiboriga tuşdi. Yevropa vakillaridan — Serbiya, Daniya, Belgiya kabi jamoalar kutilgan natijani körsata olişmadi. 

Avvalroq mundial arafasida podkast qilgandik, unda şarhlovçi Xayrulla Hamidov va jurnalist Jamoliddin Bobojonov öz prognozlarini aytişgandi.

Bu safar guruh bosqiçi yakunlari, 1/8 final bahslari va oldinda turgan 1/4 final öyinlari fonida yiğildik. Jahon çempionati bellaşuvlarini şarhlab borayotgan Davron Fayziyev va Murod Rizayev körsatuv mehmoni bölişdi.

Murod Rizayev turnir qişda ötayotganining salbiy tomonlari, Ispaniya raqib tanlab töğri qilgani, Argentina hali potensialini körsata olmagani, finalda qaysi jamoalar öynaşi mumkinligi haqida fikr yuritdi. Davron Fayziyev esa Angliya turnir davomida yaşirin favorit bölib kelgani, Messi va Ronalduning jamoalariga ta’siri, toplar pley-offdan boşlab öziga öxşayotgani, Mbappe va Grizmann Fransiyani tortayotgani töğrisida mulohazalarini bildirdi.