YeOII sammiti yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida Rossiya prezidenti Vladimir Putindan armiyani ta’minlaş masalalarida Mudofaa vazirligi yoki front jangçilaridan qay biriga işoniş kerakligi söraldi. Davlat rahbari faqat öziga işoniş mumkinligini aytdi.
«Heç kimga işonolmaysiz, faqat menga işonişingiz mumkin», dedi prezident.
Putin armiya ta’minoti masalasida Mudofaa vazirligi bilan muntazam iş olib borayotganini aytdi. Şuningdek, rossiyalik harbiylarni ta’minlaş bilan boğliq muammolar saqlanib qolayotganini, biroq ular tobora kamayib borayotganini va eng keskinlari allaqaçon hal etilganini ma’lum qildi.
Matbuot anjumanida Putin safarbarlikni qayta boşlaş uçun heç qanday omillar yöqligi, «maxsus operatsiya odatdagidek davom etayotganini» ta’kidladi.
Uning sözlariga köra, Ukrainadagi harbiy operatsiya uzoq davom etişi mumkin.

















