Muammo nimada?

Soğliqni saqlaş vaziri Behzod Musayev 2022 yil 20 sentabrda imzolagan 255-son buyruq bilan Toşkent şahridagi Toşkent stomatologiya institutiga qaraşli bir qavatli bolalar jağ xirurgiyasi bölimi binosi buzib taşlangan.

Binoni buzişdan maqsad Respublika ixtisoslaştirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uçun avtoturargoh quriş bölgan. Buyruqda körsatilişiça, quriliş buyurtmaçisi «Tibbiyot quriliş injiniring» unitar korxonasi hisoblanadi.

Musayev binoni buzişga buyruq beriş vakolatiga egamidi?

Bino buzilişi ortidan paydo böladigan ilk savol şuki, soğliqni saqlaş vazirining binoni buziş haqida buyruq çiqarişga vakolati bormi?

Prezidentning 2017 yil 23 yanvarda e’lon qilingan «Tadbirkorlik maqsadlarida foydalaniş uçun davlat mulki obektlarini sotişni jadallaştiriş va uning tartib-taomillarini yanada soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoniga köra, xalq deputatlari viloyat, tuman, şahar Kengaşi va viloyat, tuman, şahar hokimi mutlaq Özbekiston Respublikasi mulkida bölgan davlat mulki obektlariga nisbatan işlab çiqariş va ijtimoiy obektlarni samarali joylaştiriş, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalaniş, atrof-muhitni muhofaza etiş, aholini ijtimoiy himoya qiliş sohasida nazoratni amalga oşiradilar. Bunda viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari Quriliş vazirligi huzuridagi Quriliş sohasida nazorat inspeksiyasi xulosasiga köra yaroqsiz deb topilgan davlat köçmas mulk obektlarini buzib taşlaş töğrisida qarorlar qabul qiliş huquqiga ega.

«Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida»gi qonunning 7-moddasi hamda yuqoridagi farmondan körinadiki, davlat mulkida bölgan obektlarni buzişga faqat viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari  Quriliş vazirligi huzuridagi Quriliş sohasida nazorat inspeksiyasining xulosasiga köra qaror qabul qila oladi. Vazir Behzod Musayevda davlat mulki obektini buziş böyiça vakolat bölganmi yoki yöq, bunga vazirlik axborot xizmatidan tayinli javob ololmadik. Barçasi qonunlar asosida amalga oşirilganini aytgan Furqat Sanayev özi va’da qilgan vaqt içida tegişli asoslarni körsata olmadi.

Bino yaroqsiz deb topilmagan