“Xususiy sektor vakiliman, taşqi iqtisodiy faoliyat bilan ança yildan beri şuğullanib kelaman. Mahalliy bozorlarda quriliş va tayyor kiyim-keçaklar işlab çiqariş sohalarida faoliyat yuritaman. Janubiy Koreyaning “Youngone Corporation” kompaniyasi xorijiy hamkorimiz hisoblanadi. U bilan jahon bozoriga çiqişga muvaffaq böldik. Avvalo GSP+ dasturiga (Özbekiston) qöşilgaç, Yevropa, xususan, Germaniyaga eksport qilişni boşladik.

Ma’lumot uçun: Özbekiston GSP+ dasturiga 2021 yilda a’zo böldi va Yevropa Ittifoqi bozorlariga 3000ga yaqin mahsulotlarni bojxona tölovlarisiz, 3200 turdagi mahsulotlarni esa pasaytirilgan stavkalar böyiça eksport qiliş imkoniyatiga ega böldi.

Keyin “Cotton Campaign” tomonidan Özbekiston paxtasiga qöyilgan taqiq olib taşlangaç, Janubiy Koreyaga 1 sentabrdan boşlab tayyor kiyim-keçaklarni eksport qildik. Bu sinov eksport edi, u yaxşi ötganidan keyin qayta-qayta buyurtma oldik. Jahon brendlari bilan işlaşni boşladik. Bu orqali jahon bozorida Özbekistonni savdo-sotiqda faol iştirokçi sifatida taniştirişga muvaffaq böldik desam böladi, deydi suhbatdoşimiz.

— JCTga a’zolikdan biznesingiz qanday foyda köradi?

— Jahon savdo taşkiloti biz uçun juda qiziq yönaliş hisoblanadi. Bu tayyor kiyim-keçak işlab çiqaruvçilar uçun juda katta bozorni oçib beradi. Odamlar taşkilotga a’zo bölişimizning qanaqadir turli xatarlar va xavflari bor deb öylaydi, katta import bosib keladi deb qörqişadi. Lekin yengil sanoat sohasida, tan oliş kerak, şundoq ham import bosib kelyapti.

Bozorlarda körsangiz, JSTga a’zomizmi-yöqmi, import tovarlar yetarliça. Ammo hozir Özbekistondagi işlab çiqaruvçilarning salohiyati [raqobatga tayyor]. Tayyor kiyim-keçak mahsulotlarini işlab çiqarişga örganib qolganmiz. Raqobatdan qörqmaymiz, aksinça, bizga bu katta-katta bozorlarni oçib beradi.

Aytaylik, Koreya, Yaponiya, Malayziya, Singapur, kerak bölsa, Xitoy, bundan taşqari Yevropa davlatlari GSP+ dasturiga kirgan. [JSTga a’zolik ortidan] boşqa bozorlar biz uçun oçiladi. Import tariflarini tölamaslik orqali xorijdagi boşqa iştirokçilar bilan raqobatbardoş bölib qolamiz. Yevropa bozorida GSP+ misolida biz şuni kördik. Hozir tayyor kiyim-keçak mahsulotlarini nol tarifda Yevropaga eksport qilyapmiz.