Rasmiy xabarda keltirilişiça, Angren neftni saqlaş omboridan neft mahsulotlari sizib çiqişi bilan boğliq hodisa Toşkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi xodimlari tomonidan joyiga çiqib örganilgan.

“Qayd etiş lozimki, neft mahsulotlarini saqlaş ombori ekologik xavfliligi böyiça 1-toifali obekt hisoblanib, korxonaga berilgan davlat ekologik ekspertiza xulosasiga köra neft saqlaş siğimlari joylaşgan hududda avariya holatlarini inobatga olgan holda hovuzlar taşkil etilişi lozim.

Korxonadagi mavjud hovuzlar belgilangan talab darajasida emasligi natijasida neft mahsulotlari mahalliy ariq orqali Dukensoy soyining suv havzasiga sizib çiqqan.

Hozirda neft bilan ifloslangan suv havzasidan olingan tahlil namunalari laboratoriya tekşiruvidan ötkazilmoqda. Tahlil natijalari asosida tabiatga yetkazilgan zarar summasi hisob-kitob qilinadi”, deyiladi qömita bayonotida.

Davlat inspektorlari tomonidan korxonaga nisbatan tegişli tartibda rasmiylaştirilgan hujjatlar huquqiy baho beriş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdim etilişi bildirilgan.

11 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Angren neft bazasida avariya sodir bölgani, odamlar quvurdan oqib yotgan benzinni idişlarga quyib olib ketayotgani aks etgan videolar tarqalgandi.

Korxona rahbariyati hodisaga munosabat bildirib, avariya 10 dekabr kuni taxminan soat 20:10 da 5000m(kub) hajmdagi 20-sonli siğim (rezervuar) sifonining jömragi havo harorati pasayişi munosabati bilan muzlab yorilgani, natijada siğimdagi 11500 litr AI-80 benzin oqib ketganini ma’lum qilgandi.

Kun.uz manbasi röy bergan holat böyiça içki işlar organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilayotganini aytgandi.