Prezident Şavkat Mirziyoyev 14 dekabr kuni “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatini transformatsiya qilişga oid takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
Fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qiliş böyiça vazifalar 2021 yil 30 apreldagi prezident qarorida belgilangan edi. Jarayonga xorijiy konsultantlar jalb etilgan. Xususan, “Uzbekistan airways” AJni isloh qiliş böyiça turkiyalik mutaxassis Ilker Ayji jamoasi bilan iş olib borilmoqda. U “Turk havo yöllari” aviakompaniyasini boşqargan kezda uni mintaqaviy darajadan global miqyosga muvaffaqiyatli olib çiqqan, deyiladi rasmiy xabarda.

Qayd etilişiça, bugun Uzbekistan Airways oldiga ham şunday vazifa qöyilgan. Özbekistonning geografik joylaşuvi va soha infratuzilmasidan oqilona foydalanib, uni xalqaro transport xabiga aylantiriş közda tutilgan.
Taqdimotda davlat rahbariga “Özbekiston havo yöllari”ni transformatsiya qiliş va rivojlantiriş böyiça işlab çiqilgan strategiya haqida axborot berildi.
Unga köra, aviakompaniyaga xalqaro tajriba asosida korporativ boşqaruv tizimi joriy etiş, havo kemalarini köpaytiriş, xizmatlar sifatini oşiriş va yuk taşiş tarmoğini kengaytiriş çoralari köriladi. Xorijiy investorlarni jalb etgan holda aviakompaniyani jahon standartlari asosida xususiylaştiriş işlari yakuniga yetkaziladi.
“Maqsad – “Özbekiston havo yöllari”ni yetakçi mintaqaviy aviakompaniyaga aylantiriş, şuningdek, aholining mahalliy va xalqaro yönalişlarda arzon narxlarda harakatlanişini ta’minlaşdan iboratdir”, – deyiladi xabarda.

Prezident bu rejalarni ma’qullab, uning ijrosiga tezroq kirişiş kerakligini ta’kidlagan.
“Bu sohada ön yilga keçikkanmiz. Aviakompaniya eskiça uslubda işlayapti, yölovçilar xizmat sifatidan rozi emas. Agar iqtisodiyotimizni, turizmni rivojlantiramiz desak, yakka-yu yagona yölimiz şu”, – degan Şavkat Mirziyoyev.
Aviakompaniyada loyiha ofisi tuzib, transformatsiya jarayonini muvofiqlaştirib boriş böyiça tavsiyalar berilgan.


















