Vazirlar Mahkamasining “Qöşilgan qiymat soliği tölovçilarini soliq organlarida qöşilgan qiymat soliği böyiça maxsus röyxatdan ötkaziş tartibi takomillaştirilişi munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Hukumat ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda:

qonunçilikda belgilangan ayrim litsenziya turlari talablari buzilganda QQS guvohnomasini töxtatiş uçun asos bölişi;

neft, gazni (siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) va gaz kondensatini qazib oliş, qayta işlaş hamda realizatsiya qiliş faoliyati uçun berilgan litsenziya talablariga 1 xodim birdaniga 2 ta lavozimda işlaşi mumkin emasligi, avtomatlaştirilgan hisobga oliş ölçov vositalarini soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilinişini ta’minlaş lozimligi.

Loyihani qabul qiliş natijasida intizomli soliq tölovçilar faoliyatini qöllab-quvvatlaş, barça xöjalik yurituvçi sub’yektlar uçun teng raqobat şaroitlarini yaratiş, soliq xavfi yuqori darajada bölgan kontragentlar bilan operatsiyalarni (bitimlarni) amalga oşirişni çeklaş ta’minlanadi.