14 dekabr kuni soat 8:00 atrofida “Çilonzor” liniyasining “Puşkin” bekatiga kirib kelgan metro poyezdi nosozlik sabab töxtab qolgan. “Toşkent metropoliteni” DUKning xabar berişiça, bu holat harakat tarkibining ayrim yoritiş moslamalari qisman işlamagani tufayli yuzaga kelgan.
Rasmiy izohga köra, nosozlik kuzatilgaç, maşinist belgilangan yöriqnomaga asosan fuqarolar va harakat xavfsizligini ta’minlaş maqsadida yölovçilarni bekatga tuşirib, soat 08:05 da uşbu poyezd tekşiruv punkti tomon harakatlangan.
“Hozirgi vaqtda barça poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda. Keltirilgan noqulaylik yuzasidan barça yölovçilardan uzr söraymiz”, – deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, bundan oldin ham Toşkent metrosida bir qança nosozliklar kuzatilgan edi. Xususan, şu yili 4 iyunda “Olmazor”, 22 avgust kuni “Xalqlar döstligi”, 26 sentabrda “Buyuk Ipak yöli”, 7 noyabr kuni esa Sergeli yölining 5-bekatida nosozlik yuzaga kelgandi.
Şuningdek, 17 iyunda Sergeli yerusti yönalişida harakatlangan poyezdda ketma-ket elektr tutaşuvlari sodir bölgandi.

















