Kanada «Şimoliy oqim» gaz quvuri uçun turbinalarni Rossiyaga qarşi joriy etilgan sanksiyalar ta’sir doirasidan olib taşlaydigan ruxsatnomani qaytarib oladi. Ottava vaziyat özgarganini va ruxsatnoma endi öz vazifasini bajarmayotganini tan oldi, dedi taşqi işlar vaziri Melani Joli va tabiiy resurslar vaziri Jonatan Uilkinson 14 dekabr, çorşanba kuni qöşma bayonotida. Hujjatda ta’kidlanişiça, bunday qaror Ukraina, Germaniya va boşqa Yevropa ittifoqçilari bilan yaqin maslahatlaşuvlardan söng qabul qilingan.
Şu bilan birga, Kanada Ukraina va Yevropaning energiya xavfsizligini qöllab-quvvatlaşda davom etadi. Şu tariqa Ottava Ukraina energetika infratuzilmasini tiklaş uçun 115 million Kanada dollari (79,5 million yevro) ötkazadi. Bu mablağlar Rossiya va Belarusdan import qilinadigan tovarlar bojlari hisobiga olingan, deya tuşuntirdi vazirlar.
Rossiyaning «Gazprom» konserni iyun oyida «Şimoliy oqim» orqali Yevropaga gaz yetkazib berişni sezilarli darajada kamaytirdi. Qisqartiriş sababini kompaniya xomaşyo nasoslari uçun agregatlarning yetişmasligi bilan tuşuntirdi. Iyul oyida Ottava Monrealda texnik xizmat körsatilişi kerak bölgan Siemens turbinalarini «Gazprom»ga topşiriş uçun Germaniyaga qaytarib yuborişga ruxsat berdi. Ammo Rossiya tomoni turli talablarni qöyib, agregatni qabul qilişdan boş tortdi.
Avgust oyi oxirida Rossiya konserni «Şimoliy oqim» orqali xomaşyo yetkazib berişni uç kunga töxtatib qöydi, biroq bu muddatdan söng u işni qayta tiklamadi va buni neft sizib çiqişi bilan izohladi. Yevropa Ittifoqida bu sabab öylab topilgan bahona sifatida baholandi.
Sentabr oyi oxirida «Şimoliy oqim» ikkita tarmoği va «Şimoliy oqim-2» bitta tarmoğida sizib çiqiş holatlari haqida ma’lum böldi. Hodisalar Germaniya, Daniya va Şvetsiyada tekşirilmoqda. Nemis maxsus xizmatlari bu ğavvos yoki suvosti kemasi yordamida amalga oşirilgan diversiya bölganini taxmin qilmoqda. Şvetsiya Davlat xavfsizlik xizmati gaz quvurlaridagi sizib çiqişlarni tekşirişdan söng, bunga portlaşlar sabab bölganini tasdiqladi.


















