AQŞning NASA kosmik agentligi rossiyalik kosmonavtlar Sergey Prokopev va Dmitriy Petelinning Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) tutaştirilgan kosmik kemadan modda sizib çiqişi sababli oçiq fazoga rejalaştirilgan çiqişini bekor qildi. NASA 15 dekabr, payşanbaga ötar keçasi kosmonavtlar fazoga yetti soatlik çiqişga tayyorgarlik köriş uçun öz skafandrlarini kiyib, şlyuzni (bir joydan ikkinçi joyga ötkaziş uçun xizmat qiluvçi inşoot) böşatganda, videotranslatsiya paytida aniqlandi. 

Agentlik ma’lumotlariga köra, yerusti xizmatlari XKSdagi «Rassvet» moduliga tutaştirilgan «Soyuz MS-22» kosmik kemasidan «noma’lum moddaning sezilarli darajada sizib çiqişi»ni payqagan. Stansiya ekipaji xavf ostida emas, deya ma’lum qildi NASA. 

«Roskosmos» matbuot xizmati rossiyalik kosmonavtlarning XKSdan oçiq fazoga çiqişi «texnik sabablarga köra» bekor qilinganini ma’lum qildi. Missiyani boşqariş markazi (MBM) xabar berişiça, kiriş va çiqiş joylari ziç holatda, stansiyada ham hamma narsa tartibda. 

«VKD-56 dasturining bajarilişi texnik sabablarga köra töxtatildi. Çiqiş lyukini oçiş tartibidan oldin, ekipaj hisobotiga köra, «Soyuz MS-22» kosmik apparati diagnostika tizimlaridan birining signalizatsiya qurilmasi faollaştirilgani haqida ma’lumot olingan», — deya xabar qildi keyinroq «Roskosmos» matbuot xizmati. Davlat korporatsiyasi yuzaga kelgan texnik muammolarni tahlil qiliş uçun komissiya tuzilganini e’lon qildi. 

Prokopev va Petelin işlarni bajariş uçun oçiq fazoga çiqişlari kerak edi, uning davomida birinçi marta Yevropa ERA manipulyatoridan foydalaniş rejalaştirilgan. Bu Rossiya dasturi böyiça oçiq fazodagi işlarni ketma-ket ikkinçi marta bekor qilinişidir. 25 noyabr kuni xuddi şu kosmonavtlar skafandrlardan birining sovitiş tizimidagi nasoslarning ğayritabiiy işlaşi tufayli rejalaştirilgan faoliyatini amalga oşira olmadi.